Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Balog‘atga yetmagan 12 yoshli bola ba’zan namozni qoldirsa bo‘ladimi?

Balog‘atga yetmagan 12 yoshli bola ba’zan namozni qoldirsa bo‘ladimi?

Nashr sanasi: January 19, 2026

Savol :

O‘g‘lim 12 yoshda, hali balog‘atga yetmagan.
Besh mahal namozni doim o‘qiydi, lekin ba’zida kasal bo‘lib qolganda uxlab qolsa, namozga uyg‘otmayman.
“Hali balog‘atga yetmaganku”, deyman. Shu qilayotgan ishim to‘g‘rimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Muhammad ﷺ shunday deganlar: “Bolalaringizni yetti yoshida namozga buyuringlar, o‘n yoshida esa (o‘qimasa) uringlar.”

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Muhammad ﷺ shunday deganlar:
“Bolalaringizni yetti yoshida namozga buyuringlar, o‘n yoshida esa (o‘qimasa) uringlar.”

12 yoshga kirgan bola endi ancha katta hisoblanadi. Shuning uchun uni namozga uyg‘otish kerak, namozini o‘qisin. Ha, agar bola kasal bo‘lsa, unga yuk yengilroq bo‘lishi mumkin, chunki hali namoz unga farz bo‘lmagan. Ammo shunga qaramay, imkon boricha namoz o‘qishga odatlantirish lozim.

“Rahmim kelib, mayli uxlab qolsin”, deb namozni tark ettirib qo‘yish to‘g‘ri emas. Chunki namozda katta yaxshilik va tarbiya bor. Rasululloh ﷺ o‘n yoshida namoz uchun urishni   buyurgan ekanlar, demak bu yoshga yetgan bolani namozga jiddiy o‘rgatish kerak degani.

Bu bola hozir 12 yoshda — bu endi ancha ulg‘aygan yosh. Shuning uchun unga namozni o‘qitish, odatini mustahkamlash kerak bo‘ladi.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

2

  • Bir yildan beri Rossiyadaman, namozimni to‘liq o‘qishim kerakmi?

    August 31, 2026
  • Yangi namoz boshlaganlarga nasihat qiling.

    August 20, 2026
  • Ayollar masjidda azon aytilishini kutmay, taqvimga ko‘ra namozni vaqtida o‘qishi afzalmi?

    August 13, 2026
  • Qazo namozlar qachon o‘qiladi?

    August 11, 2026
  • Masjidlarda qurilish va ta’mirlash uchun kerakli mablag‘ yig‘ib bo‘linganidan keyin ham yana pul yig‘ish to‘g‘rimi?

    July 25, 2026
  • Bomdodni ko‘p qazo qilyapman…

    July 25, 2026