Ustoz, mening opam to‘rt farzandi bilan ajrashgan. Hozir biznikida yashaydi. Katta qizini turmushga bergan. Bir o‘g‘li 18 yoshda, yana biri 15 yoshda. Eng kichik qizi bog‘chaga boradi.
Opam pishiriq sehida ishlaydi. U yerda erkaklar yo‘q, faqat ayollar ishlaydi, ibodatlarini ham o‘z vaqtida qiladi. Biz — ukalari — opamizning ishlashiga qarshimiz. Ayol kishi uyda o‘tirgani yaxshi, deb hisoblaymiz.
Bir yilcha oldin katta qarzga tushgan edik, insha Alloh yaqin bir yil ichida qarzdan chiqamiz. Topish-tutishimiz ham yaxshilanib qoldi. Opamizga bir-ikki yil ichida uy olib beramiz, dedik.
Ammo opam: “Uy olib bersangizlar ham baribir ishlayman. Chunki yaqinda o‘g‘illarimni uylashim kerak. Sizlar ham yordam berib turinglar, men ham o‘zim ishlab, sizlarga og‘irlik qilmayman”, deydi.
O‘g‘illari hali yetarli darajada pul topmaydi. Shu holatda biz opamizni ishlashiga ruxsat berishimiz to‘g‘rimi?