Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Homilador ayoliga taloq bergan va uni qaytib olgan kishi haqida savol.

Homilador ayoliga taloq bergan va uni qaytib olgan kishi haqida savol.

Nashr sanasi: January 2, 2026

Savol :

Ustoz, bir kishi homilador xotiniga taloq aytgan, so‘ng Rossiyaga ketgan. Ayolning homilasi tushmasidan oldin, u Rossiyadan turib telefonda: “Qaytib oldim”, deb yozgan. Rossiyadan qaytgach, shu so‘ziga asoslanib er-xotin birga yashay oladimi, yoki qaytadan nikoh o‘qitish kerakmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Yo‘q, bu holatda qaytadan nikoh o‘qitish shart emas. Chunki erning “qaytib oldim” degan so‘zi bilan  (qaytarib olish) amalga oshgan bo‘ladi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Yo‘q, bu holatda qaytadan nikoh o‘qitish shart emas. Chunki erning “qaytib oldim” degan so‘zi bilan  (qaytarib olish) amalga oshgan bo‘ladi.

Agar u homila tug‘ilishidan oldin, ya’ni idda muddati ichida “qaytib oldim” degan bo‘lsa, demak ayolini idda ichida qaytarib olgan hisoblanadi.

Shu sababli:

  • er-xotin oldingi nikoh asosida birga yashayveradi,

  • yangi nikoh o‘qitishga hojat yo‘q.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Uylana olmayotganim sababi sehr qilingan bo‘lishim mumkinmi?

    February 13, 2026
  • Yosh bolani unashtirish nikoh hukmiga o‘tadimi?

    February 7, 2026
  • O‘zi taloq so‘ragan ayol mahrni ham talab qilishga haqlimi?

    January 28, 2026
  • Yolg‘onchi va qasamxo‘r er bilan yashash haqida.

    January 26, 2026
  • Nikohdan avval alohida yashash sharti bilan tekkan ayolning savoli.

    January 16, 2026
  • Iddadagi ayol xulu qilsa, eriga nomahram bo‘lib qoladimi va idda o‘tiradimi?

    January 8, 2026