Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ajrashgan ayolimdan sud orqali bolalarni olib qo‘ysam bo‘ladimi?

Ajrashgan ayolimdan sud orqali bolalarni olib qo‘ysam bo‘ladimi?

Nashr sanasi: December 28, 2025

Savol :

Ustoz, men sakkiz yilcha oldin bir ayolga uylangandim. Ikki nafar farzandimiz bor. Tirikchilik sababli xorijga ishlagani chiqib ketganman. U yerda ham ayolim bor edi, buni yurtimizdagi ayolim bilardi.

Korona voqealari sababli bir yildan ortiq o‘sha davlatdan chiqa olmay qoldik. Ayolim bunga sabr qilib yurgan edi. Keyinchalik u bilan gaplashib turishi uchun smartfon olib berdim. Shundan so‘ng u amma-xolalari bilan ham gaplashib, ularning ta’siri bilan menga bildirmasdan bolalarimni olib, uydan chiqib ketdi.

O‘sha paytda olti oy davomida bolalarimni ko‘rsatmadi. Keyin esa mendan nafaqa undirish uchun sudga berdi. Sud qaroriga ko‘ra, bolalarimni oyiga ikki marta ko‘rishga ruxsat berildi. Ammo men bolalarimni har kuni ko‘rib, gaplashib turishni xohlayman.

Hozir esa u turli bahonalar bilan bolalarimni ko‘rsatmayapti, ba’zan oylar davomida ko‘rsatmaydi, hozir esa umuman ko‘rsatmay qo‘ydi. Ustoz, men ham sud orqali bolalarimni olib qo‘ysam joizmi? Agar olib qo‘ysam, ularni qanchada bir onasiga ko‘rsatishim kerak?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Mening nasihatim shuki: bu masalani yaxshilik bilan hal qiling, biroz sabr qiling. In shā Alloh, vaqt o‘tib ishlar o‘z o‘rniga tushadi. Siz otalik vazifangizni bajarishda davom eting, ayolga bolalar uchun belgilangan nafaqani berib turing. Har qanday holatda ham farzandning nafaqasi berilishi kerak.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Lekin bunday qilishga men sizni vasiyat ham qilmayman, nasihat ham bermayman. Sud orqali “bolalarni onasidan olib qo‘yaman” deb tortishib, ota-onalar bir-biriga qarshi sudma-sud yurib, qozixonalar ostonasida yurishlari to‘g‘ri emas.

Mening nasihatim shuki: bu masalani yaxshilik bilan hal qiling, biroz sabr qiling. In shā Alloh, vaqt o‘tib ishlar o‘z o‘rniga tushadi. Siz otalik vazifangizni bajarishda davom eting, ayolga bolalar uchun belgilangan nafaqani berib turing. Har qanday holatda ham farzandning nafaqasi berilishi kerak.

Alloh taolo albatta uning qalbiga mehr soladi. Kerak bo‘lsa, Allohning O‘zi sizga ikki farzandingizni ham, balki ularning onasini ham qaytarib olib keladi. Shuning uchun yaxshi bo‘ling, afv va kechirimli bo‘ling, bag‘rikeng bo‘ling.

Bu borada Qur’onda juda ko‘p ko‘rsatmalar va targ‘iblar kelgan. Yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir. Agar u ayol sizga nisbatan zulm qilgan bo‘lsa ham, sabr qiling. Uni sudlashib yengasizmi yoki yo‘q — buni Alloh biladi. Ammo siz bu ishda sabr va yaxshilik bilan muomala qilsangiz, in shā Alloh, oqibati yaxshilik bo‘ladi.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Shariatga xilof narsalar ham sotiladigan omborxonada ishlash hukmi.

    April 15, 2026
  • Ruqyada oyat va hadisdan boshqa duo qilsa ham bo‘ladimi?

    April 15, 2026
  • Er ayoliga “ketaver, yashamayman” desa, taloq tushadimi?

    April 15, 2026
  • Inson ajalini oldindan sezishi mumkinmi?

    April 13, 2026
  • Tik-tokda video ko‘rishni tashlay olmayotgan do‘stimga nasihat qiling.

    April 13, 2026
  • “Grin karta” o‘ynash ham lotereya kabi harommi?

    April 9, 2026