Ustoz, men hozir chet eldaman. Yaqinda uylanganman. Men nikohda valiy shart degan e’tiqodda edim, ammo amalda bunday bo‘lmadi. Ayolim ilgari turmushdan ajralgan, ya’ni beva ayol edi.
Men unga: “Otangiz valiy bo‘lishi va uning izni kerak” deb aytdim. U esa otasiga aytishga uyalishini, bundan tashqari, otasi allaqachon unga umumiy ruxsat berganini aytdi. Ya’ni, bu yerga kelishidan oldin otasi unga:
“Baxtingni top, turmush qil, farzandli bo‘lib qayt” deganini, ishlariga ishonishini va qarorlarini ma’qullashini aytdi.
Biz masjidda, ikki nafar guvoh, bir imom, men va ayolim ishtirokida Hanafiy mazhabiga ko‘ra nikoh o‘qitdik. Imom: “Oilalaringizning xabari bormi?” deb so‘radi. Ayolim esa: “Uyga qaytsam yana uylanib ketadi, keyin nima bo‘ladi?” degan xavotir bilan uyidagilarga aytmaganini bildirdi.
Shu sababli nikohimizga ko‘nglim unchalik to‘lmadi. Aslida nikohni barcha shartlari mukammal holda qilishni xohlagan edim. Shu nikohimiz durustmi?