Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Rauf deb ismlanish to‘g‘rimi?

Rauf deb ismlanish to‘g‘rimi?

Nashr sanasi: December 25, 2025

Savol :

Ismim Abduravuf. Ko‘pchilik bu ismni to‘g‘ri ayta olmaydi yoki qisqartirib aytadi.
Shu sababli ismimni Rauf deb o‘zgartirmoqchiman. Qanday maslahat berasiz?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Rauf ismi ham yomon emas, u “mehribon” degan ma’noni bildiradi, ammo Abdurauf undan afzalroq, chunki unda bandalik (ubudiyat) ma’nosi bor. Shuning uchun Abdurauf ismini Raufga o‘zgartirish yaxshidan yaxshimasiga almashtirish bo‘lib qoladi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Alloh taolo Qur’onda tanbeh berib aytganidek:

أَتَسْتَبْدِلُونَ الَّذِي هُوَ أَدْنَىٰ بِالَّذِي هُوَ خَيْرٌ

“Yaxshi bo‘lgan narsani undan yomonrog‘iga almashtirasizlarmi?”

Abdurauf — bu Alloh taoloning “Ar-Ra’ūf” (أَلرَّؤُوف) ismidan olingan ism bo‘lib, “Mehribon Zotning bandasi” degan ma’noni anglatadi. Shunday go‘zal va sharafli ismni qo‘yib, keyin uni o‘zgartirish — yaxshidan yaxshimasiga o‘tish bo‘lib qoladi.

Rauf ismining o‘zi ham yomon emas, u ham “mehribon” degan ma’noni bildiradi. Ammo Abdurauf undan ham afzalroq, chunki u ubudiyat (bandalik) ma’nosini o‘z ichiga oladi.

Odamlar qisqartirib aytsa — aytaversin. Sizdan: “Ismingiz nima?” deb so‘rashsa, “Abdurauf” deb ayting. Agar kimdir “Rauf” deb chaqirsa, unga ham javob bera qolavering. Chunki ikkala ism ham ma’nosi jihatidan yomon emas.

Ammo rasmiy va asl ismingizni o‘zgartirmang. Bu yaxshi ism, yaxshi ismni o‘zgartirishga hojat yo‘q.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026