Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Erim bir oyda faqat bir marta ota uyimga borishga ruxsat beradi…

Erim bir oyda faqat bir marta ota uyimga borishga ruxsat beradi…

Nashr sanasi: December 25, 2025

Savol :

Turmush o‘rtog‘im menga oyda faqat bir marta ota-onamning uyiga borishga ruxsat beradi. Qaynonam esa buni jahli chiqib, qovoq solgan holda zo‘rg‘a qabul qiladi. Ba’zi hollarda esa umuman ruxsat bermaydi. Shundan keyin turmush o‘rtog‘im ham onasining gapidan keyin norozi bo‘lib oladi. Bunday holatda nima qilishim mumkin?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ota-onaga oyda bir marta borishni ham minnat bilan ruxsat berish — ayolning haqiga zulm hisoblanadi. Ammo shunga qaramay, hech kim sizga: “Bo‘ldi, ketavering, ajrashing” demaydi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bunday vaziyatda biz: “Buni qiling, shuni qiling” deb aniq bir chorani ayta olmaymiz. Sabr qilish tavsiya etiladi. In shaa Alloh, vaqt o‘tishi bilan bu holatlar asta-sekin yaxshilanib boradi.

Bizning jamiyatimizda odatda kelinlar boshida biroz qiyinchilik ko‘rishadi. Keyinchalik esa, hayot o‘z yo‘liga tushib, bolalar ko‘payib, oila mustahkamlangani sari ayolning mavqei ham asta-sekin mustahkamlanadi.

Bolalar ulg‘ayib, o‘z onalarini himoya qila boshlashadi. Shunday holatlar bo‘ladiki, vaqt o‘tib oiladagi muvozanat ayol tomoniga og‘ib boradi. Bu ko‘p uchraydigan holat.

Shu sababli bunday vaziyatda sabr qilishdan boshqa aniq tavsiya berish qiyin.

Alloh taolo insof bersin, O‘zi bu holatni isloh qilsin. Agar imkon bo‘lsa, rahm-shafqatni uzmaslik haqidagi nasihat va ma’ruzalarni eringizga, oilangizga, hatto qaynonangizga ham eshittirishga harakat qiling.

Ota-onaga oyda bir marta borishni ham minnat bilan ruxsat berish — ayolning haqiga zulm hisoblanadi. Ammo shunga qaramay, hech kim sizga: “Bo‘ldi, ketavering, ajrashing” demaydi.

Bunday paytda sabr qilish eng to‘g‘ri yo‘l bo‘ladi. In shaa Alloh, Alloh taolo O‘zi bir yo‘l ochib beradi.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Shariatga xilof narsalar ham sotiladigan omborxonada ishlash hukmi.

    April 15, 2026
  • Ruqyada oyat va hadisdan boshqa duo qilsa ham bo‘ladimi?

    April 15, 2026
  • Inson ajalini oldindan sezishi mumkinmi?

    April 13, 2026
  • Tik-tokda video ko‘rishni tashlay olmayotgan do‘stimga nasihat qiling.

    April 13, 2026
  • “Grin karta” o‘ynash ham lotereya kabi harommi?

    April 9, 2026
  • Oylikka ishlaydigan odam ham Allohdan boylik so‘rasa bo‘ladimi?

    April 8, 2026