Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Nikohdan avval alohida yashash shartiga oid savolning davomi.

Nikohdan avval alohida yashash shartiga oid savolning davomi.

Nashr sanasi: December 25, 2025

Savol :

Ayolim sizga shunday savol yo‘llagan edi: u nikohdan oldin alohida yashash sharti bilan turmushga chiqqan, biroq oradan bir muddat o‘tgach, eri uni qaynona va o‘gay qaynota bilan birga yashashga majbur qilayotgani haqida shikoyat qilgan. Siz bu savolga javob bergansiz.

Endi mening savolim shuki:
Biz ayolim bilan bir oy alohida yashadik. Bir kuni ota-onamnikida kechgacha qolib ketdik va men: “Bugun shu yerda qolamiz” dedim. Ayolim buni xohlamadi. Men esa: “Men qayerda qolsam, sen ham shu yerda qolasan” dedim va u majbur qoldi.

Ammo ertasi kuni u mendan ruxsat so‘ramasdan, taksiga o‘tirib uyiga ketib qolibdi.

Men bundan g‘azablandim va jazo sifatida shunday dedim:
“Endi bir muddat ota-onam bilan birga yashaymiz. Ular senga uy yumushlarini va erga qanday munosabatda bo‘lishni o‘rgatishadi. O‘zgarganingni ko‘rsam, yana alohida yashashga qaytamiz.”

Shu qilgan ishim noto‘g‘rimi?

Yana bir savolim:
Nikoh paytida qo‘yilgan shart guvohlar ishtirokida aytilishi shartmi?
Yoki nikohdan oldin Telegram orqali “Mening shartlarim shu” deb aytilgan bo‘lsa, shu kifoyami?


Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar nikohdan oldin shart aytilgan bo‘lsa, u guvohlar oldida aytilgan- aytilmaganidan qat’i nazar, agar aynan shu shart ayolning nikohga rozi bo‘lishiga sabab bo‘lgan bo‘lsa, u nikoh sharti hisoblanadi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar shart nikohdan oldin aytilgan bo‘lsa, u guvohlar oldida aytilgan bo‘ladimi yoki bo‘lmaydimi, muhim jihati shuki:
bu shart ayolning sizga nikohlanishiga sabab bo‘lgan bo‘lsa, u nikoh sharti hisoblanadi.

Ya’ni ayol: “Men shu shart bilan nikohlandim” desa,
sizdan ham: “U shu shartni qo‘yganmidi?” deb so‘ralsa, “ha” deb javob bersangiz — shart sobit bo‘ladi.

Modomiki siz u ayolni shu shart bilan olgan ekansiz, endi shu shartga vafo qilishingiz shart.

Shuning uchun:
“Endi jazo uchun, odob berish uchun ma’lum muddat ota-onam bilan yashaysan” deyishingiz — noto‘g‘ri, bu shartni buzish hisoblanadi.

Shartni buzib turib, ayolga “odob beraman” deyish joiz emas. Bunday holatda zulm sodir bo‘ladi.

Agar siz nikohdan oldin shartlashgan bo‘lsangiz, shartingizda turing. Shunda nikohda xayr-baraka bo‘ladi.
Agar shartni bajarmasangiz, ayol haqli bo‘lib qoladi.

Bunday vaziyatda u:
“Men siz bilan yashamayman” desa — shar’an haqli bo‘ladi.

Endi bu masala sizlarning o‘zaro kelishuvlaringiz bilan hal qilinadigan masalaga aylanadi. Men esa bu yerda faqat shar’iy hukmni bayon qilyapman.

Siz: “Men noto‘g‘ri ish qildimmi?” deb so‘rasangiz — ha, noto‘g‘ri qildingiz. Chunki siz shartlashdingiz, ammo shartga rioya qilmadingiz.

Rasululloh ﷺ marhamat qilganlar:

“Bajarishga eng haqli bo‘lgan shartlar — ayollarni nikohlashda qo‘yilgan shartlardir.”

Bu eng haqli shartdir. Siz esa bu shartga amal qilmayapsiz.

Alloh taolo ham marhamat qiladi:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا أَوْفُوا بِالْعُقُودِ
“Ey iymon keltirganlar, ahdlaringizga vafo qilinglar.”

Siz esa ahdga vafo qilmayapsiz, aytilgan gapni bajarmayapsiz. Shuning uchun bu ishingiz xato va noto‘g‘ri bo‘ladi.

Qaysi narsaga va’da bergan bo‘lsangiz — avvalo o‘sha va’dani bajaring. Shundan keyingina erlik haq-huquqlaringizni, o‘z talablaringizni shar’iy yo‘l bilan qo‘yishingiz mumkin.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Uylana olmayotganim sababi sehr qilingan bo‘lishim mumkinmi?

    February 13, 2026
  • Yosh bolani unashtirish nikoh hukmiga o‘tadimi?

    February 7, 2026
  • O‘zi taloq so‘ragan ayol mahrni ham talab qilishga haqlimi?

    January 28, 2026
  • Yolg‘onchi va qasamxo‘r er bilan yashash haqida.

    January 26, 2026
  • Nikohdan avval alohida yashash sharti bilan tekkan ayolning savoli.

    January 16, 2026
  • Iddadagi ayol xulu qilsa, eriga nomahram bo‘lib qoladimi va idda o‘tiradimi?

    January 8, 2026