Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Qayin ukasi bilan bir uyda yashashga majburlanayotgan ayol savoli.

Qayin ukasi bilan bir uyda yashashga majburlanayotgan ayol savoli.

Nashr sanasi: December 24, 2025

Savol :

Ustoz, turmush qurganimga 16 yil bo‘ldi. Shu vaqt mobaynida erimni rozi qilish uchun qo‘limdan kelganicha harakat qildim: ishni tashladim, qaynota-qaynonamga, opa-ukalariga xizmat qildim. Din ahkomlariga amal qilib yashashga intilib kelyapman.

Yaqinda qaynakam uylandi. Men esa hanuz katta oilaning xizmatidaman. O‘zim kasalmand bo‘lib qoldim, uy yumushlariga ham avvalgidek yaramay qolyapman. Ba’zan ibodatlarimni bajarishga ham kuch topolmayapman.

Meni eng ko‘p qiynayotgan masala shuki, erim meni bir uyda qaynakam bilan yashashga majbur qilayapti. Erimga:
“Uylaning, men juda qiynaldim,” desam,
“Uylansam, boshqa kvartira olib uylanaman. Sen esa shu uyda ota-onamga qaraysan,” deydi.

Xizmat qilish mayli, lekin nomahram bilan bir uyda yashashni xohlamayman. Shu sababli va bu uyda na shariatga moslik, na sharoit bo‘lgani uchun, onamning uyiga borib turishim joizmi? Bu tarzda yashash gunoh bo‘lmaydimi?


Javob :

O’xshash savol-javoblar

Shariatning asosiy maqsadi — oilani saqlab qolish, imkon qadar buzmaslik. Shu sababli bu masalada shoshilinch qaror chiqarmasdan, Allohga ko‘proq murojaat qilish, duo qilish, hidoyat va yechim so‘rash juda muhim.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu juda og‘ir va nozik masala. Bunday holatda aniq va keskin hukm berish juda qiyin.

Siz 16 yil yashagansiz, katta xizmatlarni qilgansiz. Hozir esa qaynakangiz uylangan, vaqt o‘tib baribir oilalar ajraladi, bolali bo‘lishadi, kimdir alohida chiqib ketadi. Shuning uchun agar yana biroz sabr qilish imkoningiz bo‘lsa, bu ham bir yo‘l bo‘lishi mumkin.

Ko‘pincha bizning jamiyatda kichik o‘g‘il ota-onasi bilan qoladi, kelin bilan. Shu jihatni inobatga olib, ehtimol, vaqt o‘tib vaziyat yengillashar. Ammo bu — faqat taxmin.

Shuni ham aytish kerakki, tashqaridan turib:

  • “Sabr qil,” deyish oson,

  • “Chiqib ket,” deyish esa yanada og‘ir.

Hech kim sizning o‘rningizga qaror qabul qila olmaydi. Hayotning og‘irini ham, yengilini ham insonning o‘zi biladi. “Ko‘rpa qanchalik issiq yoki sovuq ekanini egasi biladi,” degan gap bor.

Shariatning asosiy maqsadi — oilani saqlab qolish, imkon qadar buzmaslik. Shu sababli bu masalada shoshilinch qaror chiqarmasdan, Allohga ko‘proq murojaat qilish, duo qilish, hidoyat va yechim so‘rash juda muhim.

Alloh taolo har bir mushkul ishga bir eshik ochadi. Sabr bilan, duo bilan, aql bilan harakat qilinsa, insha Alloh, yaxshilik tomonga yo‘l ochiladi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Homilador holimda erim Rossiyaga olib ketmoqchi, itoat qilmasam bo‘ladimi?

    February 17, 2026
  • Erining so‘kishi va sansirashi yoqmaydigan ayolning savoli.

    February 17, 2026
  • Yoshi katta nomahram qarindosh ayollar bilan qanday ko‘rishish kerak?

    February 13, 2026
  • Muammolardan qutulish uchun Baqara surasini o‘qishning dalili bormi?

    February 13, 2026
  • “Vallohi” deb yolg‘on qasam ichish hukmi.

    February 13, 2026
  • Kundur hidiga jinlar kelmaydimi?

    February 13, 2026