Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Tender uyushtirish va unda qatnashish hukmi.

Tender uyushtirish va unda qatnashish hukmi.

Nashr sanasi: December 24, 2025

Savol :

Hozirgi kunda savdo-sotiq va turli buyurtmalarni tanlov (tender) orqali hal qilish keng tarqalgan. Tenderda kim yutsa, ish o‘sha kishiga beriladi. Shu sohada ishlash yoki tenderlarda ishtirok etishning shariatdagi hukmi qanday?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Tenderning o‘zi — joiz, Undagi pora, aldov, suiste’mol — harom.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Aslida tender tizimining o‘zi joiz. Uni mutlaqo mumkin emas, deb bo‘lmaydi. Hukm ishning qanday amalga oshirilishiga bog‘liq.

Agar inson tenderda:

  • halollik bilan,

  • omonatni saqlab,

  • ishni sifatli va mas’uliyat bilan bajarish niyatida qatnashsa,

bu ish joiz bo‘ladi. Chunki tender tizimi ko‘pincha:

  • davlat manfaatlari uchun,

  • xalq manfaatlari uchun,

  • eng yaxshi va sifatli xizmatni tanlash uchun
    yo‘lga qo‘yiladi.

Agar tender bo‘lmasa, har kim sifatsiz, arzon va yaroqsiz mahsulotlarni olib kelib, odamlarni aldashi mumkin. Shu jihatdan qaraganda, tender — iqtisodiy va ijtimoiy foydasi bor tizim bo‘lib, sifat va raqobatni oshiradi.

Agar:

  • pora berish yoki pora olish bo‘lsa,

  • yaxshiroq taklif egasi chetga surilib, pul bergan kishi yutqazib qo‘yilsa,

  • tanlov adolatsiz o‘tkazilsa,

bunday holatda oluvchi ham, beruvchi ham gunohkor bo‘ladi, xalqning haqqi yeb qo‘yiladi va bu harom bo‘ladi.

Xulosa qilib aytganda:

  • Tenderning o‘zi — joiz,

  • Undagi pora, aldov, suiste’mol — harom.

Agar ish omonat bilan, halol, xalq manfaatini ko‘zlab qilinsa, bu shariatga zid emas.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026