Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Qarzga pul so‘rash o‘rniga muddatli to‘lovga mashina oldirish haqida savol.

Qarzga pul so‘rash o‘rniga muddatli to‘lovga mashina oldirish haqida savol.

Nashr sanasi: October 7, 2025

Savol :

Ustoz, hozirda ba’zi tijoratchilar puli bor insonlarga borib:

“Menga oyma-oy to‘lab berish sharti bilan mashina bering,”
deyishadi.

Masalan, 10 000 dollarlik mashinani 13 000 dollarga bo‘lib to‘lash sharti bilan olishadi.
Keyin o‘sha mashinani darhol arzonroq narxda sotib yuborishadi va tushgan pulni tijoratlariga ishlatishadi.

Ya’ni, aslida ularga mashina kerak emas, pul kerak, shuning uchun bu usulda qarz olishmoqda.
Shu holat joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Yo‘q, bu holat joiz emas. Tashqaridan qaraganda bu savdo shakliga o‘xshab ko‘rinsa ham, aslida bu shariatdagi hiyla (ya’ni riba yo‘lini aylanib o‘tish) hisoblanadi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Yo‘q, bu holat joiz emas.

Tashqaridan qaraganda bu savdo shakliga o‘xshab ko‘rinsa ham, aslida bu shariatdagi hiyla (ya’ni riba yo‘lini aylanib o‘tish) hisoblanadi.

Barchasi bilib turibdi — bu inson aslida mashina sotib olayotgani yo‘q, qarz olayapti.
Alloh taolo, Arshni ko‘targan farishtalar va yozuvchi farishtalar — barchasi bu niyatni biladi.

Shunday ekan, bu ishning mohiyati foizli qarz olish (riba) bo‘lib qoladi, faqat savdo nomi bilan bezatilgan, xolos.
Bu esa halol yo‘l emas.

Musulmon inson halol yo‘llarni izlab, Allohdan baraka so‘rashi lozim.


Xulosa:

  • Agar bitimning maqsadi mashina sotib olish emas, balki pul topish bo‘lsa — bu joiz emas.

  • Bu ish ribo (foiz) man qilgan muomalaga o‘xshab qoladi.

  • Shuning uchun undan chetlanish, halol yo‘ldan rizq izlash kerak.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026