Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Qiz otasiga quloq solmay johil yigitga tegsa, ota gunohkor bo‘lmaydimi?

Qiz otasiga quloq solmay johil yigitga tegsa, ota gunohkor bo‘lmaydimi?

Nashr sanasi: October 7, 2025

Savol :

Agar otasi taqvodor bo‘lsa, ammo qizi johil bo‘lib, otasining xohlagan — shariatga amal qiladigan oilasiga turmushga chiqmay, o‘zi xohlagan oilaga chiqib ketsa, bu holatda ota gunohkor bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar ota gunohli nikohga rozi bo‘lsa, u qizining gunohida sherik bo‘ladi. Agar ota qarshi bo‘lib, ruxsat bermagan, lekin qizi baribir chiqib ketgan bo‘lsa — ota gunohkor bo’lmaydi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Aslida, qizning turmushga chiqishi otaning ruxsatisiz bo‘lmaydi.
Agar ota qizining johilligini, ya’ni dinga beparvoligini bilib turgan bo‘lsa ham, uni shariatga zid yoki gunohkor inson bilan turmush qurishiga ruxsat bersa, u holda ota ham gunohda sherik bo‘ladi.

Bu masalada ota qizining holatini ko‘rib chiqishi lozim: agar u chindan ham dindan uzoq, nopok muhitdagi odamlarga chiqmoqchi bo‘lsa, otaning burchi — unga ruxsat bermaslik.


Masalan:

Bugungi kunda ayrim qizlar kofir yoki Islomdan yiroq insonlar bilan turmush qurishadi — masalan, nasroniy, hindu yoki xitoylik kimsalar bilan.
Agar ota bunga rozi bo‘lsa yoki ruxsat bersa, u holda u qizining gunohida sherik bo‘ladi.
Chunki har bir harom munosabat, u bilan bo‘layotgan zino — otasining beparvoligi natijasida yuz bergan bo‘ladi.


Agar esa ota bunga rozi bo‘lmasa, qiz esa otaning iznisiz chiqib ketsa, bu holatda ota gunohkor bo‘lmaydi.
Chunki u o‘z burchini bajargan: nasihat qilgan, qaytargan, norozi bo‘lgan.
Payg‘ambar ﷺ aytganlar:

“Kim yomonlikni ko‘rsa, qo‘li bilan to‘xtatsin; bunga qodir bo‘lmasa, tili bilan; bunga ham qodir bo‘lmasa, qalbida yomon ko‘rsin — bu iymonning eng zaif darajasidir.”
(Muslim rivoyati)

Shuning uchun agar ota qalban norozi bo‘lsa, tili bilan qaytargan bo‘lsa, ammo qizi o‘z bilganini qilsa — gunoh faqat qizga yoziladi.

Ammo agar ota bu ishga xayrixohlik bildirsa, yoki “mayli, o‘zi bilsin” deb beparvo qolsa, unda gunohda sherik bo‘ladi.


Xulosa:

  • Agar ota gunohli nikohga rozi bo‘lsa, u qizining gunohida sherik bo‘ladi.

  • Agar ota qarshi bo‘lib, ruxsat bermagan, lekin qizi baribir chiqib ketgan bo‘lsa — ota gunohkor bo’lmaydi.

  • Ota o‘z burchini tushuntirish, qaytarish va duo qilish bilan ado etsin.

Allohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Qonuniy nikohi bo‘lmagani uchun imom nikoh o‘qishdan bosh tortgan va ayoli bilan qo‘shilib qo‘ygan yigitning savoli.

    October 7, 2025
  • Qizlar er topish uchun ko‘chaga chiqishi kerakmi?

    October 4, 2025
  • Toshkentlikman. Buxorolik bir dindor qizni yoqtirib qoldim. Onam «ular bizga to‘g‘ri kelmaydi» deb qarshi. Men esa boshqa qizlarga ko‘ngil qo‘ya olmayapman. Shariatda bu holatda qanday yo‘l tutish kerak?

    October 2, 2025
  • Ustoz, er-xotin ajrashgan. Bolalar otasi beradigan aliment pulini ona o’zi uchun ham ishlatishi joizmi?

    October 2, 2025
  • To‘y kuni mashinalardan kortej qilish hukmi.

    September 14, 2025
  • Nikohga oid savol.

    September 4, 2025