Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Qizlar er topish uchun ko‘chaga chiqishi kerakmi?

Qizlar er topish uchun ko‘chaga chiqishi kerakmi?

Nashr sanasi: October 4, 2025

Savol :

Ustoz, jamiyatimizda g‘alati bir tushuncha bor: turmushga chiqish yoshiga yetgan qiz bolaning uyda o‘tirishini “falokat” deb bilishadi.
Shuning uchun uni ko‘chaga chiqarishga harakat qilishadi — “Er kerak bo‘lsa, biror joyda o‘qigin, ishlagin, uyda o‘tiravermagin,” deyishadi.

Lekin qiz bola ko‘cha muhitini yoqtirmasa, nima qilish kerak?
Yoki rostdan ham qiz ko‘chaga chiqsa, yaxshi yigit uchraydimi?
Allohning “Uylaringizda o‘tiraveringlar” degan oyatiga amal qilib, uyda o‘tirib Allohdan solih turmush o‘rtoq so‘rash mumkinmi?

Agar qiz onasi tomonidan kuchli bosimga uchrasa, nima qilish kerak?
Iltimos, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatsangiz.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Qiz bolaning uyda o‘tirib, iffatini saqlashi — bu izzat va taqvo belgisi. Uni “er top” deb ko‘chaga chiqarish — johilona va noshar’iy tushuncha. Allohga tavakkul qilib, halol yo‘l bilan, duoda sabr qilish — eng to‘g‘ri yo‘l. Haqqiy baxt — ma’siyatda emas, taqvo va toatdadir.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu — musibatli, johilona tushuncha.
Qizni “er top” deb ko‘chaga chiqarish — bu ota-onaning dinni bilmasligidan va taqvoga befarqligidan kelib chiqadi. Ular uchun muhim narsa — “faqat er topish”, lekin erning taqvosi, salohiyati, axloqi ularni qiziqtirmaydi.

Aslida, bu yo‘l shariatga zid. Alloh taolo Qur’onda marhamat qiladi:

وَقَرْنَ فِي بُيُوتِكُنَّ
“Uylaringizda (orasta) o‘tiraveringlar.”
(Al-Ahzāb, 33)

Bu oyat ayolning qadri, or-nomusi va osoyishtaligini saqlash uchun buyurilgan.
Qiz bolaning uydan chiqmasligi, harom joylarga bormasligi, o‘zini ko‘rsatmasligi — bu izzat, poklik va ibodat belgisi.

Agar Allohga tavakkul qilib, solih turmush o‘rtoq so‘rab, uyda o‘tirsa — bu eng to‘g‘ri yo‘l.
Alloh bandasi Unga bog‘lanib, sabr bilan duoda bo‘lsa, Alloh taolo o‘zi o‘ylaganidan ham yaxshiroq nasib qiladi.

Er topish degani — ko‘chada yurish, o‘qish yoki ishlash emas.
Ota-ona yoki qarindoshlar shar’iy yo‘l bilan tanishlar orqali so‘rab-surishtirishlari mumkin, xuddi o‘g‘il bolaga kelin topilgani kabi.

Ayolning baxti — taqvo va toatdadir.
Allohdan uzoqlashgan, harom yo‘l bilan baxt izlash hech qachon haqiqiy saodat keltirmaydi.

Alloh taoloning bergan baxti — faqat halol yo‘l bilan keladi.
Allohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Qiz otasiga quloq solmay johil yigitga tegsa, ota gunohkor bo‘lmaydimi?

    October 7, 2025
  • Qonuniy nikohi bo‘lmagani uchun imom nikoh o‘qishdan bosh tortgan va ayoli bilan qo‘shilib qo‘ygan yigitning savoli.

    October 7, 2025
  • Toshkentlikman. Buxorolik bir dindor qizni yoqtirib qoldim. Onam «ular bizga to‘g‘ri kelmaydi» deb qarshi. Men esa boshqa qizlarga ko‘ngil qo‘ya olmayapman. Shariatda bu holatda qanday yo‘l tutish kerak?

    October 2, 2025
  • Ustoz, er-xotin ajrashgan. Bolalar otasi beradigan aliment pulini ona o’zi uchun ham ishlatishi joizmi?

    October 2, 2025
  • To‘y kuni mashinalardan kortej qilish hukmi.

    September 14, 2025
  • Nikohga oid savol.

    September 4, 2025