Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Amerikada mashinani sug‘urta qildirish hukmi.

Amerikada mashinani sug‘urta qildirish hukmi.

Nashr sanasi: October 4, 2025

Savol :


Biz Amerikada yashaymiz. Bu yerda mashina o‘g‘irlanishi tez-tez sodir bo‘ladi. Hukumat esa o‘g‘rilarga qarshi yetarli chora ko‘rmaydi. Politsiyaga murojaat qilsak, “sug‘urta qildir” deydi, lekin o‘g‘rini qidirmaydi va jinoyatchilarga jazo ham berilmaydi.
Shuning uchun bu yerda mashina o‘g‘irliklari juda ko‘p. Shunday holatda biz mashina uchun sug‘urta olishimiz mumkinmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar sug‘urta qilish zarurat sababli, molni himoya qilish niyatida bo‘lsa — bu holatda umid qilamizki, ruxsat bo‘ladi. Ammo bu ishni foyda olish yoki qimor maqsadida qilish haromdir.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu masala juda nozik va murakkab. Chunki sug‘urta odatda ribo va qimor unsurlarini o‘z ichiga olgan muomala hisoblanadi. Shuning uchun aslida oddiy holatda sug‘urta qilish joiz emas.

Ammo siz aytayotgan holatda, mashinani saqlab qolish qiyin, o‘g‘rilik keng tarqalgan, davlat esa himoya choralarini ko‘rmayapti. Agar bunday sharoitda sug‘urta qilishning maqsadi foyda olish emas, balki molni yo‘qotishdan saqlash bo‘lsa — bu zarurat holatiga o‘xshaydi.

Misol uchun, tibbiy sug‘urtani olaylik:
Ba’zi joylarda inson sug‘urtasiz davolanishga kira olmaydi. Bir tanishning bolasi qo‘lini sindirib olgan ekan, oddiy rentgen uchun $2000 so‘rashgan, keyin boshqa xarajatlar bilan bir necha o‘n ming dollarga chiqib ketgan. Agar sug‘urtasi bo‘lganida, bu ish uncha qimmat bo‘lmasdi. Ya’ni, odamni sug‘urta qilishga majbur qilishgan.

Mashina masalasida ham shunga o‘xshaydi: o‘g‘irlanishlar ko‘p, hukumat esa “sug‘urta qil, o‘g‘irlanib ketsa, sug‘urtadan olasan” deydi. Demak, bunda siz sug‘urtani foyda topish uchun emas, molni saqlash uchun qilayapsiz. Bu jihatdan u zarurat asosida joiz bo‘lishi mumkin.

Shunga qaramay, niyat juda muhim:

  • Agar niyat foyda topish, “pulim ketsa o‘rnini sug‘urta to‘ldiradi” degan ma’noda bo‘lsa — joiz emas.

  • Agar niyat “molimni yo‘qotishdan saqlash, majburiyat sababli himoyalanish” bo‘lsa — zarurat bilan ruxsat bo‘lishi mumkin.

Ammo bu masalada ehtiyot bo‘lish kerak, chunki ko‘plab davlatlarda sug‘urta tizimi aslida foyda olish, foiz va qimorga asoslangan. Shuning uchun imkon bo‘lsa, islomiy sug‘urta (takaful) kabi halol alternativani izlash maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Xulosa:
Agar sug‘urta qilish zarurat sababli, molni himoya qilish niyatida bo‘lsa — bu holatda umid qilamizki, ruxsat bo‘ladi.
Ammo bu ishni foyda olish yoki qimor maqsadida qilish haromdir.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Sotilgan chiptalardan tushgan bonuslar evaziga boshqa insonlarga chipta olib bersa bo’ladimi?

    October 10, 2025
  • Qarzga pul so‘rash o‘rniga muddatli to‘lovga mashina oldirish haqida savol.

    October 7, 2025
  • Yoshligida yigitlar bilan gaplashgan qizlar erga tekkach bu ishini aytishi kerakmi?

    October 7, 2025
  • Emizikli boladan ortgan ovqatni otasi yesa bo‘lmaydimi?

    October 7, 2025
  • Otasi urushqoq xo‘roz yetishtirib sotadigan yigitning savoli.

    October 6, 2025
  • Noila deb ism qo‘yish hukmi.

    October 6, 2025