Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Birovga yaxshilik qilganda ko‘ngliga ozor bermaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?

Birovga yaxshilik qilganda ko‘ngliga ozor bermaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?

Nashr sanasi: October 4, 2025

Savol :

Ustoz, inson birovga yaxshilik qilganda, uning ko‘ngliga ozor berib qo‘ymaslik uchun nimalarga e’tibor qaratish kerak?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bunda umumiy bir qoida yo‘q, ammo asosiy e’tibor quyidagilarga qaratiladi: Yaxshilik qilib, keyin minnat qilmaslik. Yuziga solmaslik. O‘sha insonni ranjitadigan so‘z yoki ishoralardan saqlanish.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu masala odamning tabiatiga qarab farq qiladi. Ba’zi odamlar samimiy bo‘ladi, yaxshilikni to‘g‘ri tushunadi, minnatni sezmaydi. Ba’zilar esa nozik tabiatli bo‘ladi — ozgina so‘z yoki harakatdan ham ranjib qoladi.

Shuning uchun har bir kishiga holatiga qarab muomala qilish kerak. Fiqhda bu “muqtazo al-hol” deyiladi — ya’ni holat taqozosiga qarab harakat qilish.

Bunda umumiy bir qoida yo‘q, ammo asosiy e’tibor quyidagilarga qaratiladi:

  • Yaxshilik qilib, keyin minnat qilmaslik.

  • Yuziga solmaslik.

  • O‘sha insonni ranjitadigan so‘z yoki ishoralardan saqlanish.

Ba’zida yaxshilikni bevosita o‘zingiz emas, boshqalar orqali yetkazish yaxshiroq bo‘ladi — ayniqsa u odam bevosita olishdan hijolat bo‘lsa. Ba’zida esa aksincha, qo‘lingiz bilan berish iliqlik keltiradi.

Demak, hammasi odamning fe’l-atvoriga bog‘liq. Aql-farosatli inson bu narsani o‘zi anglaydi: kim bilan qanday muomala qilish kerakligini sezadi.

Muhimi — yaxshilikning savobi yo‘qolib ketmasin, deb, insonni ko‘nglini og‘ritadigan so‘z, ishora yoki xatti-harakatdan saqlanish lozim.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026