Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >To‘y kuni mashinalardan kortej qilish hukmi.

To‘y kuni mashinalardan kortej qilish hukmi.

Nashr sanasi: September 14, 2025

Savol :

To‘y kuni kelinni bir guruh mashinalar bilan kuzatib borish, ya’ni mashinalarni ketma-ket tuzib kortej qilish hukmi qanday?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Kelinni kuzatib borishning o‘zi muboh narsa, lekin hozirgi ko‘rinishdagi mashinalar korteji isrofgarchilik va keraksiz dabdaba hisoblanadi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Aslida kelinni kuzatib borishning o‘zi muboh narsa — bayram qilish, hurmat bajo keltirish hisoblanadi. Lekin hozirgi ko‘rinishida bu ish haddidan oshib ketib, isrofgarchilik darajasiga chiqib qolgan. Bitta kunlik kortej uchun qimmatbaho mashinalarni ijaraga olish, rangini tanlab, bezash — buning hammasi keraksiz dabdaba. Bu ishlar aqlli kofirlar orasida ham qilinmaydi.

Odamlar tirikchilikka qiynalib turgan paytda, atrofda yetim-yesirlar, beva-bechoralar bor paytda katta mablag‘ni mashinalarga sarflash emas, balki sadaqa, xayriya, foydali ishlarga sarflash kerak. To‘y yangi hayotning boshlanishi, bu vaqtda ota-onalarga og‘ir yuk bo‘lish emas, balki yengillik bo‘lishi lozim.

Bundan tashqari, bunday kortejlar ko‘pincha avariya va turli baxtsiz hodisalarga ham sabab bo‘ladi. Yo‘llarni to‘sib, boshqa odamlarga ham aziyat yetkaziladi. Ba’zilar ichkilik qilib, yana ko‘proq fasodga sabab bo‘lishadi. Demak, bu odatni tark etish, odamlarni undan qaytarish lozim.

Aslida oddiy mashinada, o‘zida bor vosita bilan kelinni olib ketish kifoya. Shunda ham Allohning marhamati bo‘ladi, ham oila ortiqcha qarzga botmaydi, ham jamiyatga salbiy ta’sir qilmaydi.

Quronda:

وَكُلُوا۟ وَٱشْرَبُوا۟ وَلَا تُسْرِفُوٓا۟ ۚ إِنَّهُۥ لَا يُحِبُّ ٱلْمُسْرِفِينَ ٣١

“Yeb-iching va isrof qilmang. Chunki, U isrof qiluvchilarni sevmas.” (A’rof: 31) — deb marhamat qilingan.

Shuning uchun to‘y marosimida kelinni kortej qilib olib borish — isrofgarchilik, manmansirash va rioga sabab bo‘luvchi odatdir. Mablag‘ni foydali ishlarga sarflash eng to‘g‘ri yo‘ldir.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Qiz otasiga quloq solmay johil yigitga tegsa, ota gunohkor bo‘lmaydimi?

    October 7, 2025
  • Qonuniy nikohi bo‘lmagani uchun imom nikoh o‘qishdan bosh tortgan va ayoli bilan qo‘shilib qo‘ygan yigitning savoli.

    October 7, 2025
  • Qizlar er topish uchun ko‘chaga chiqishi kerakmi?

    October 4, 2025
  • Toshkentlikman. Buxorolik bir dindor qizni yoqtirib qoldim. Onam «ular bizga to‘g‘ri kelmaydi» deb qarshi. Men esa boshqa qizlarga ko‘ngil qo‘ya olmayapman. Shariatda bu holatda qanday yo‘l tutish kerak?

    October 2, 2025
  • Ustoz, er-xotin ajrashgan. Bolalar otasi beradigan aliment pulini ona o’zi uchun ham ishlatishi joizmi?

    October 2, 2025
  • Nikohga oid savol.

    September 4, 2025