Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Uylanaymi, ilm olaymi?

Uylanaymi, ilm olaymi?

Nashr sanasi: August 31, 2025

Savol :

Alloh taoloning “Agar bilmasangiz, zikr ahlidan so‘rang” degan oyatiga binoan sizdan so‘rayapman. Yoshim 22 da. Shu yoshgacha aytarli diniy ham, dunyoviy ham ilm olmaganman. Hozir Alloh hidoyat berib, menda ilm olishga qiziqish paydo bo‘ldi.
Lekin ota-onam “uylanishing kerak” deb ko‘p bosim qilishmoqda. Meni esa hanuz xotin huquqlari va farzand tarbiyasini bilmasligim qo‘rqityapti. Ustoz, qanday yo‘l tutishim to‘g‘ri bo‘ladi? Uylanaymi yoki uylanishni ikki-uch yil kechiktirib ilm olsammi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu masala odamning shaxsiy holatiga qarab farq qiladi. Siz hozir 22 yoshdasiz. Agar o‘zingizni shahvatdan saqlay oladigan darajada bo‘lsangiz, bu yosh hanuz katta yosh hisoblanmaydi. Bir-ikki yil ilm o‘qib olish imkoniyatingiz bo‘lsa, bu juda katta fazilatli ish bo‘ladi. Chunki ilm olish – eng sharafli amallardan.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu masala odamning shaxsiy holatiga qarab farq qiladi. Siz hozir 22 yoshdasiz. Agar o‘zingizni shahvatdan saqlay oladigan darajada bo‘lsangiz, bu yosh hanuz katta yosh hisoblanmaydi. Bir-ikki yil ilm o‘qib olish imkoniyatingiz bo‘lsa, bu juda katta fazilatli ish bo‘ladi. Chunki ilm olish – eng sharafli amallardan.

Ilmning qadrini anglash uchun Rasululloh ﷺ keltirgan misolni eslang: ovchi kuchuk ovga o‘rgatilgan bo‘lsa, tutgan ovini yeyish halol bo‘ladi. O‘rgatilmagan bo‘lsa, uning tishlaganini yeyish mumkin emas. Demak, ozgina ilm ham insonni qadrli qiladi, dinini halol-haromini ajratishga o‘rgatadi. Shuning uchun ilm – juda buyuk sharafdir.

Sizning ilm o‘rganishingiz, avvalo:

  • aqida – Allohni tanish, dinini to‘g‘ri bilish, risolat va qiyomatga iymon,

  • ibodatlar – tahorat, namoz, ro‘za, zakot, haj kabi farz amallarni mukammal o‘rganish,

  • muomala ilmlari – halol-harom, savdo-sotiq, oila masalalari,

shuningdek tirikchilikdagi asosiy masalalarni bilib olishdir.

Siz aytayotgan xotin huquqlari va farzand tarbiyasi masalalari ham muhim, lekin ular yo‘l-yo‘lakay ham o‘rganiladi. Asosiy ustunlik – aqida va ibodat ilmlarini mustahkam egallashdir.

Agar siz ilm olishga qat’iy kirishsangiz, bu eng to‘g‘ri yo‘l bo‘ladi. Lekin agar ota-onangiz sizni uylantirishni talab qilsalar va sizning ilmga davom etishingiz uylanganingizdan keyin ham to‘sqinlik qilmasligiga ishonch bo‘lsa, u holda uylanish ham joiz bo‘ladi.

Ammo haqiqat shuki: uylanish ko‘pincha ilm olishga to‘sqinlik qiladi. Chunki uy-ro‘zg‘or, homiladorlik, farzand tarbiyasi, kasallik va boshqa tashvishlar bilan band bo‘lib qoladi. Shu sababli imkon qadar avval ilmga sarmoya qilish – eng to‘g‘ri yo‘l. Agar ota-onangizni sabrga chaqira olsangiz, bir necha yil ilm o‘rganib, keyin uylansangiz – yanada barakali bo‘ladi.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Taloqqa oid savol.

    August 27, 2025
  • Valiysiz o’qilgan nikoh haqida.

    August 25, 2025
  • Mahr va iddaga oid savol.

    August 18, 2025
  • “Bilganingni qil, boshing ochiq”, desa taloq tushadimi , tushsa uning yechimi qanday?

    August 14, 2025
  • Nikohlanishda qizning otasi o’rniga tog‘asi “vakil ota” bo’lishi joizmi?

    August 14, 2025
  • Uylanishga qiz topolmaslik gunohlar uchun jazo bo‘lishi mumkinmi?

    August 8, 2025