Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Eri ishlamay uyda yotadigan ayolning savoli.

Eri ishlamay uyda yotadigan ayolning savoli.

Nashr sanasi: August 3, 2025

Savol :

Ustoz, erim bir yarim yildan beri ishlamaydi. Uyda faqat telefonda harom va fahsh narsalarni ko‘rib yotadi. O‘zi uchun kiyim, mashina, telefon kabi katta xarajatlar qiladi. Ba’zan ro‘zg‘or qilayotgandek bo‘ladi, lekin aslida asosan boshqalar ro‘zg‘or qiladi.

Qarzlari yigirma ming dollarga yetgan. Nasihat qiladigan ota-onasi yo‘q. Men norozi bo‘lib gapirsam, “Alloh o‘zi yetkazadi, sen ishonmaysan, noshukrsan, odamlar senchalik yashamayapti”, deb javob beradi. Bolalarim va o‘zimning sog‘lig‘imiz uchun zarur bo‘lgan mablag‘ni ham bermaydi.

Shariat bo‘yicha erkak oilasi uchun ishlashi kerak emasmi? Bu holat davom etsa, qanday chora ko‘rsam bo‘ladi? Bizga nasihat qiling.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar eringiz oilani ta’minlamasa, harom ishlarga berilsa va bu holat davom etsa, siz shar’an taloq so‘rashga haqlisiz, ammo sabr, maslahat va oqibatni o‘ylab harakat qiling.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu holat og‘ir va og‘riqli. Bunday vaziyatda “bo‘ldi, chiqib ketavering”, deb aytish oson emas. Chunki orada farzandlar bor. Shuning uchun bu masalaga sabr, hikmat va vazminlik bilan yondashish zarur.

Avvalo, siz sabr qilayotganingiz — bu katta fazilat. Lekin sabr qilish bilan birga, hikmat bilan eringizni to‘g‘ri yo‘lga boshlashga urinish ham kerak. Go‘zal muomala, yaxshi so‘zlar, taqvoga undovchi mavzular orqali, balki yuragiga ta’sir qilar. Sizdagi ibodat, sabr, halollikni ko‘rib, ichidan o‘zgarish yuz berishi mumkin. Ko‘pincha, erning to‘g‘rilanishiga xotin sababchi bo‘ladi.

Agar bu harakatlar foyda bermasa, ya’ni:

  • u kishi ishlamasa,

  • oilasini ta’minlamasa,

  • davolanishingiz uchun ham zarur mablag‘ni bermasa,

  • uyda fahsh narsalarni muntazam ko‘rib yotsa,

…unda sizning shar’an taloq so‘rashga haqqingiz bor.

Ammo bu “darrov taloq so‘rashingiz kerak” degani emas. Balki holatni chuqur tahlil qilib, bugungi azobingiz bilan taloqdan keyingi ehtimoliy hayotingizdagi azobni taqqoslab, qaysi biri og‘irroq bo‘lishini o‘ylab ko‘rishingiz kerak. Bu masalada mufti — sizsiz. Siz o‘z holatingizni hammadan yaxshi bilasiz.

Shuning uchun:

  • Yaqinlaringiz, oqila ayollar, dindor dugonalaringiz, ishonchli qarindoshlaringiz bilan maslahat qiling.

  • Eringizdagi yaxshi va yomon jihatlarni bir taroziga qo‘ying.

  • Foyda-zararning qaysi tomoni ko‘proq — o‘zingizga ayon bo‘lsin.

Agar sizni jismonan, ruhan, iymonan ezayotgan bo‘lsa va chora ko‘rilmasa, shariat sizga chiqish yo‘lini ochiq qoldirgan. Lekin har bir qadam oqibatini chuqur o‘ylab, iymon va sabr bilan harakat qilish kerak.

Alloh sizga sabr, hikmat va to‘g‘ri yo‘lni topish uchun tovfiq ato etsin.
Alloh eringizni isloh qilsin, oilangizga baraka, halollik, poklik va salomatlik bersin.

Allohumma Āmīn.


Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Qiz otasiga quloq solmay johil yigitga tegsa, ota gunohkor bo‘lmaydimi?

    October 7, 2025
  • Qonuniy nikohi bo‘lmagani uchun imom nikoh o‘qishdan bosh tortgan va ayoli bilan qo‘shilib qo‘ygan yigitning savoli.

    October 7, 2025
  • Qizlar er topish uchun ko‘chaga chiqishi kerakmi?

    October 4, 2025
  • Toshkentlikman. Buxorolik bir dindor qizni yoqtirib qoldim. Onam «ular bizga to‘g‘ri kelmaydi» deb qarshi. Men esa boshqa qizlarga ko‘ngil qo‘ya olmayapman. Shariatda bu holatda qanday yo‘l tutish kerak?

    October 2, 2025
  • Ustoz, er-xotin ajrashgan. Bolalar otasi beradigan aliment pulini ona o’zi uchun ham ishlatishi joizmi?

    October 2, 2025
  • To‘y kuni mashinalardan kortej qilish hukmi.

    September 14, 2025