Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Erta uylanish yaxshimi?

Erta uylanish yaxshimi?

Nashr sanasi: July 29, 2025

Savol :

stoz, uylanish haqida maslahat bersangiz. Eshitishimcha, Amr ibn Os roziyallohu anhu o‘n yoshda uylanib, o‘n bir yoshda farzandli bo‘lgan ekan. Shunga ko‘ra, erta uylangan yaxshi bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Xotin degani — faqatgina “tushak” emas. Buni aniq tushunish lozim. Shuning uchun, agar bir insonning aqli, farosati, g‘arizasi va tayyorgarligi shu darajaga yetgan bo‘lsa — u holda erta uylanishda hech qanday muammo yo‘q. Shariatda uylanish yosh bilan cheklanmagan.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Albatta, bu imkoniyatga qarab bo‘ladigan narsa. Chunki bu — insondagi g‘ariziy (tabiiy) quvvatdan kelib chiqadigan masala.

Masalan, bu haqiqat. Abdullāh ibn Zubayr roziyallohu anhu haqida ham shunga o‘xshash narsa rivoyat qilinadi. Otalari — Zubayr ibn Awwām bilan u kishining oralarida o‘n bir yosh farq bo‘lgan deyishadi. Amr ibn Os roziyallohu anhu haqida ham shunga o‘xshash rivoyatlar mavjud. Ya’ni, bu kabi holatlar mumkin.

Ya’ni inson o‘zining g‘arizasi (jinsiy kuchi, ehtiyoji) paydo bo‘lib, uylanish masalasini tushunadigan yoshga yetgan bo‘lsa — erta uylanish foydalidir. Chunki shariatda uylanishni muayyan yoshga bog‘lash yo‘q. “Falon yoshga yetmasdan uylanmaslik kerak” degan qoidaning o‘zi yo‘q.

Shariatda uylanish ochiq qoldirilgan masala. Faqat ehtiyojdan kelib chiqadi. Ya’ni uylanish hukmi ehtiyojga qarab o‘zgaradi.

Kimdir, masalan, o‘n, o‘n bir yoshida uylanish masalasini tushunadigan bo‘lishi mumkin. U odam oila degan narsaning faqatgina jinsiy aloqa emasligini, balki mas’uliyatli hayot ekanini tushunadigan darajaga yetgan bo‘lishi mumkin. Chunki xotin olish degani — faqatgina u bilan yotish emas. Xotin olgandan keyin u bilan yashash, ma’ruf (ya’ni yaxshilik) bilan hayotni davom ettirish, unga nafaqa berish, muomala qilish, hurmat qilish, oilaviy mas’uliyatni ado etish kerak.

Xotin degani — faqatgina “tushak” emas. Buni aniq tushunish lozim. Shuning uchun, agar bir insonning aqli, farosati, g‘arizasi va tayyorgarligi shu darajaga yetgan bo‘lsa — u holda erta uylanishda hech qanday muammo yo‘q. Shariatda uylanish yosh bilan cheklanmagan.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Uylana olmayotganim sababi sehr qilingan bo‘lishim mumkinmi?

    February 13, 2026
  • Yosh bolani unashtirish nikoh hukmiga o‘tadimi?

    February 7, 2026
  • O‘zi taloq so‘ragan ayol mahrni ham talab qilishga haqlimi?

    January 28, 2026
  • Yolg‘onchi va qasamxo‘r er bilan yashash haqida.

    January 26, 2026
  • Nikohdan avval alohida yashash sharti bilan tekkan ayolning savoli.

    January 16, 2026
  • Iddadagi ayol xulu qilsa, eriga nomahram bo‘lib qoladimi va idda o‘tiradimi?

    January 8, 2026