Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Taloq >Erim “senday xotin kerak emas, ajrashamiz” dedi. Bu taloq hisoblanadimi?

Erim “senday xotin kerak emas, ajrashamiz” dedi. Bu taloq hisoblanadimi?

Nashr sanasi: June 30, 2025

Savol :

Ustoz, erim dindan yiroq, hijob kiyishimga ham ruxsat bermaydi. Hozir chet elda. U yerdan menga: “Ket, senday xotin kerakmas, ajrashaman,” deb aytdi. Men: “Taloq deb ayting,” desam, “Aytishim shart emas, ajrashamiz,” deydi.

Shu aytgan so‘zlari taloq hisoblanadimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ha, bu gap taloq niyati bilan aytilgan bo‘lsa, taloq tushadi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Shariatda muomalotlar ko‘rinish bilan emas, ma’no bilan baholanadi. Agar er ayoliga:

“Senga o‘xshagan xotin kerak emas,”
“Aytishim shart emas, ajrashamiz,”
kabi so‘zlarni aytgan bo‘lsa, bu taloq ma’nosini bildiradi.

Agar niyatida ham ajrashish bo‘lsa, bu taloq hisoblanadi, va ayol idda muddatiga amal qilib, chiqib ketishi mumkin.

Xulosa: U so‘zlar ochiq yoki kinoya bo‘lsa ham, taloq niyati bilan aytilgan bo‘lsa – taloq tushadi.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Ko‘p zulm ko‘rgan ayol eridan arjashib, boshqaga tegishi mumkinmi?

    February 11, 2026
  • Uch taloqqa oid savol.

    February 10, 2026
  • Ayol taloq so‘raganida er: “Xo‘p, berdim”, desa, taloq tushadimi?

    February 6, 2026
  • O‘zi taloq so‘ragan ayol mahrni ham talab qilishga haqlimi?

    January 28, 2026
  • Nikohdan avval alohida yashash sharti bilan tekkan ayolning savoli.

    January 16, 2026
  • Eri ajrashishga rozi bo‘lmay ajrashgan ayol jannatga kirmaydimi?

    January 16, 2026