Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Erim: “Sendan rozi emasman, Allohga qasam” dedi. Bu qasamga kafforat kerakmi?

Erim: “Sendan rozi emasman, Allohga qasam” dedi. Bu qasamga kafforat kerakmi?

Nashr sanasi: June 30, 2025

Savol :

Erim bilan janjallashib qoldim. Asabiylashganimdan erimga baqirdim. Aybimni bilaman, lekin erimda ham ayb bor. Erim: «Sendan rozi emasman, Allohga qasam ichaman, rozi emasman!» dedi. Uch kun bo‘ldi gaplashmayapmiz. Allohga qasam ichganiga yuragim g‘ash. Buning hukmi nima bo‘ladi, kafforati bormi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Qisqacha javob: Yo‘q, bu faqat rozi emasligini qasam bilan ta’kidlash. Kafforat kerak emas. Ko‘nglini oling, in shaa Alloh kelishib ketasizlar.

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi Payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo‘lsin.

Kafforat yo‘q, ya’ni “Allohga qasam, rozi emasman” degan bo‘lsa — to‘g‘ri aytgan, rozi emas u. Endi uni rozi qiling, bo‘ldi.

Agar: “Allohga qasam, sendan rozi bo‘lmayman” deganida edi, bu boshqa bo‘lardi — unda eringizga qasam kafforati vojib bo‘lardi.

Lekin “rozi emasman, Allohga qasam rozi emasman” degani — “sendan xafa bo‘ldim, aniq xafaman, qasam ichib aytyapman buni” degandek bo‘ladi. Vallohu a’lam.

Bunday paytda hechnima bo‘lmaydi endi, ya’ni bu faqat holatni bayon qilgan bo‘ladi, qasam bilan. Agar u xafa bo‘lib yurgan bo‘lsa — ko‘nglini oling, ya’ni xafaligini ketkizing. Bo‘ldi shu bilan, kelishib ketasizlar in shaa Alloh.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Uylana olmayotganim sababi sehr qilingan bo‘lishim mumkinmi?

    February 13, 2026
  • Yosh bolani unashtirish nikoh hukmiga o‘tadimi?

    February 7, 2026
  • O‘zi taloq so‘ragan ayol mahrni ham talab qilishga haqlimi?

    January 28, 2026
  • Yolg‘onchi va qasamxo‘r er bilan yashash haqida.

    January 26, 2026
  • Nikohdan avval alohida yashash sharti bilan tekkan ayolning savoli.

    January 16, 2026
  • Iddadagi ayol xulu qilsa, eriga nomahram bo‘lib qoladimi va idda o‘tiradimi?

    January 8, 2026