Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ustoz, men 17 yoshda kelin bo‘ldim. Ro‘zg‘or va oiladagi menga tegishli ishlarni kelinoyimlar hammaga aytib yurishadi. Shu ishlari to‘g‘rimi?

Ustoz, men 17 yoshda kelin bo‘ldim. Ro‘zg‘or va oiladagi menga tegishli ishlarni kelinoyimlar hammaga aytib yurishadi. Shu ishlari to‘g‘rimi?

Nashr sanasi: June 29, 2025

Savol :

Ustoz, men 17 yoshda kelin bo‘ldim. Ro‘zg‘or va oiladagi menga tegishli ishlarni kelinoyimlar hammaga aytib yurishadi. Shu ishlari to‘g‘rimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Qisqacha javob; Yo‘q, bu — g‘iybat yoki bo‘hton. Siz sabr qiling, bu orqali ular sizga hasanotlarini berishyapti. Siz xafa bo‘lmasdan, sabr va to‘g‘rilik bilan javob bering. Vallohu a’lam.

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi Payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo‘lsin.

Albatta, noto‘g‘ri. Bu — g‘iybat bo‘ladi. Sizdagi kamchilikni, rostini — bor kamchilikni aytgan bo‘lsa, g‘iybat bo‘ladi. Agar sizda yo‘q kamchiliklarni qo‘shib aytayotgan bo‘lsa, bu — bo‘hton bo‘ladi. Nima bo‘lganda ham bu sizga yaxshi. Siz xafa bo‘lmang. Ularning hasanotlari sizga yozilyapti.

Ularning hasanotlari sizga yozilyapti. Qiyomat kunida siz qilmagan hasanotlaringizga ega bo‘lib turaverasiz. Ular o‘zlariga o‘zlari zulm qilayotgan bo‘ladi. Sabr qiling, bu vaqtlar o‘tib ketadi, hali yoshsiz. O‘zingiz-o‘zingizni to‘g‘rilashga harakat qiling. Lekin ularning gapirgan gaplarida shuni bilingki, aniq ularning hasanotidan sizga o‘tmoqda.

Shuni eslasangiz, o‘zi sizga hech qanday xafachilik kelmaydi. Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ayoli kunduzi uxlashini yoqtirmaydigan erkakning savoli.

    July 20, 2025
  • Ayol kishi erining aka-ukalariga aralashishi va eriga aql o‘rgatishi.

    July 20, 2025
  • To‘rtinchi farzand uchun eko qildirish joizmi?

    July 20, 2025
  • Boshiga urib o‘ldirilgan baliqni yesa bo‘ladimi?

    July 20, 2025
  • Ayol kishi odam gavjum joylarda niqob taqib, boshqa payt niqobsiz yursa bo‘ladimi?

    July 19, 2025
  • Yaqinlarga berilgan narsani albatta qaytarish shartmi?

    July 19, 2025