Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Islomda qanday holatlarda o‘lim jazosi qo‘llanadi?

Islomda qanday holatlarda o‘lim jazosi qo‘llanadi?

Nashr sanasi: June 29, 2025

Savol :

Islomda qanday holatlarda o‘lim jazosi qo‘llanadi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Faqat uch holatda: Qasos – birovni qasddan o‘ldirgan bo‘lsa, Zino qilgan muhsan – turmush qurgan holda zino qilsa, Dinidan chiqqan murtad – islomni tark etgan va jamoani tark qilgan bo‘lsa.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Islomda o‘lim jazosi faqat ma’lum va aniq holatlar uchun belgilangan bo‘lib, u qat’iy shart-sharoitlar asosida ijro etiladi. Rasululloh ﷺ aytdilar:

«Musulmonning qoni faqat uch holatda halol bo‘ladi: qasos, zino qilgan muhsan (ya’ni turmush qurgan erkak yoki ayol), va islomni tark etgan murtad.»
(Hadis: Buxoriy va Muslim rivoyati)

Bu hadisga asoslanib, ulamolar quyidagi uch asosiy holatda o‘lim jazosi borligini aytadilar:

  1. Qasos (nafsu bin-nafs) – ya’ni kimdir birovni qasddan o‘ldirsa, o‘ldirilgan kishining vorislari, agar kechirmasa yoki diyani qabul qilmasa, qotilga nisbatan qasos – ya’ni o‘lim jazosi qo‘llanadi.

  2. Murtadlik – ya’ni Islom dinidan chiqish. Biroq bu holatda shartlar bor: unga iqomatul-hujjah (dalil va bayon) qilinadi, undan keyin tavba qilmasdan ochiqdan-ochiq murtadlikda sobit bo‘lsa, shariatga ko‘ra o‘lim jazosi tatbiq etiladi. Bu ishni oddiy odam emas, faqat shar’iy hokim amalga oshiradi.

  3. Zinoyi muhsan – ya’ni turmush qurgan erkak yoki ayol zino qilsa. Ammo bu ham juda og‘ir shartlar asosida isbotlanadi: to‘rtta ishonchli guvoh bir vaqtda zinoning o‘zini ochiq ko‘rgan bo‘lishi kerak. Tarixda bu kabi guvohlik bilan o‘lim jazosining tatbiq etilishi juda kam uchragan.

Bu uch holatdan tashqari boshqa ba’zi holatlar haqida ulamolar ixtilof qilgan, ammo asosiy hollari mana shu uchta atrofida aylanadi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o‘lim jazosi yoki boshqa hududiy jazolar (masalan, o‘g‘rining qo‘lini kesish) shunchaki gumon yoki oddiy da’vo bilan tatbiq etilmaydi. Shariatda har bir jazoning qat’iy shartlari bor. Misol uchun:

  • O‘g‘ri haqiqatan o‘g‘irlik qilganini dalillar bilan isbotlash lozim.

  • O‘g‘irlangan narsa nisob miqdoriga yetishi kerak.

  • O‘g‘irlik ocharchilik yoki majburlik holatida sodir bo‘lmagan bo‘lishi lozim.

Agar shubha bo‘lsa, jazo bekor qilinadi.

 Shariatdagi o‘lim jazolari havoyi istaklar asosida emas, balki qat’iy adolatli mezonlar bilan belgilanadi. Bu jazolarni faqat musulmonlar davlatida, shar’iy hokim va qozilar amalga oshiradi.

Shariatda har bir jazo – faqat adolatni qaror toptirish, jinoyatchilikni to‘xtatish va jamiyatni poklash uchun joriy etilgan. Misol uchun, qasos amal qilinsa, odamlar jinoyatdan tiyiladi. Alloh taolo Qur’onda marhamat qiladi:

وَلَكُمْ فِي الْقِصَاصِ حَيَاةٌ
“Sizlar uchun qasosda (hayot) tiriklik bordir.” (Baqara: 179)

Shu sababli, shariat jazo berishda shafqatsiz emas, aksincha – adolatli, og‘ir jazolar esa jamiyatdagi zo‘ravonlik va jinoyatlarni oldini olishga xizmat qiladi.

Allohu a‘lam.
Alloh barchamizni adolat va haqiqat yo‘lida sobit qilsin.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Spirt zavodidan chiqqan atala bilan boqilgan, hatto mast bo‘lgan molning go‘shti halol bo‘ladimi?

    July 5, 2025
  • Farzandsiz er-xotinlarga nasihat.

    July 5, 2025
  • Ona farzandining pulini olib qo‘yishi joizmi?

    July 5, 2025
  • Erim chet elda yuradi, yiliga 15 kun keladi, to‘shak haqlarimni ado etmaydi. Qochib ketsam bo‘ladimi?

    July 5, 2025
  • Tanishim uchun kreditga televizor olib bergandim. U esa haligacha pulini to‘lamagan. To‘lov kimning bo‘ynida?

    July 5, 2025
  • Shariat va Ta’lim O‘rtasida: Mahramsiz Safar Masalasi

    July 4, 2025