Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Amakimi uyiga ham izn so‘rab kirishim kerakmi?

Amakimi uyiga ham izn so‘rab kirishim kerakmi?

Nashr sanasi: June 29, 2025

Savol :

Ustoz, Nur surasining 27-oyatida:
“Ey iymon keltirganlar! O‘z uyingizdan boshqa uylarga, izn so‘ramaguncha va ularning ahliga salom bermaguncha kirmanglar” – deyilgan.
Bu oyat erkak va ayollarga barobarmi? Yaqin qarindosh (masalan, amakilar) uyiga ham izn so‘rab kirish kerakmi? Bizga amakim mahram bo‘lgani uchun uylariga iznsiz kiraveramiz. Bu noto‘g‘rimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ha, kerak. Mahram bo‘lsa ham, uyning ichida ayollar bo‘lishi mumkin. Shuning uchun izn so‘rash farzdir.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Ha, bu noto‘g‘ri bo‘ladi. Bu oyat erkak va ayollarning barchasiga tegishli, ya’ni izn so‘rash hamma uchun farzdir. Mahram bo‘lish iznsiz kirishga ruxsat bermaydi. Chunki amakilaringizning uyida ularning xotinlari, qizlari yoki boshqa ayollar bo‘lishi mumkin. Ularning roziligi va hijob holati e’tiborga olinishi kerak.

Alloh taoloning Nur surasida davomiy oyatlarida hatto kichik bolalar ham ba’zi vaqtlar – bomdoddan oldin, peshin dam olish vaqtida va xufton namozidan keyin – izn so‘rashga buyurilgan. Katta yoshdagilar esa doimo izn so‘rashlari lozim, ayniqsa, nomahramlar orasida.

Agar bitta uyning ichida yashaydiganlar bo‘lsa, ular yuqoridagi uch vaqtda izn so‘rashi farz bo‘ladi. Agar tashqaridan kirilayotgan bo‘lsa, mahalliy uy egalaridan izn so‘rash har doim shart.

Shuning uchun, amakining uyi bo‘lsa ham, kirishdan oldin izn so‘rash shariatda zarur, bu odob, hurmat va hijob masalalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Shariatga xilof narsalar ham sotiladigan omborxonada ishlash hukmi.

    April 15, 2026
  • Ruqyada oyat va hadisdan boshqa duo qilsa ham bo‘ladimi?

    April 15, 2026
  • Inson ajalini oldindan sezishi mumkinmi?

    April 13, 2026
  • Tik-tokda video ko‘rishni tashlay olmayotgan do‘stimga nasihat qiling.

    April 13, 2026
  • “Grin karta” o‘ynash ham lotereya kabi harommi?

    April 9, 2026
  • Oylikka ishlaydigan odam ham Allohdan boylik so‘rasa bo‘ladimi?

    April 8, 2026