Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Otam meni so‘kkanidan keyin Allohga shikoyat qilishim to‘g‘rimi?

Otam meni so‘kkanidan keyin Allohga shikoyat qilishim to‘g‘rimi?

Nashr sanasi: June 27, 2025

Savol :

Ustoz, otam meni har safar so‘kkanidan keyin yig‘lab, “Allohim, otam meni so‘kdi”, deb Yaratganga shikoyat qilaman. Shu ishim qanchalik to‘g‘ri?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar nohaq so‘kilayotgan bo‘lsangiz, sabr qiling va Allohdan otangizga hidoyat so‘rang. Shikoyat o‘rniga duo qiling va har doim otangizga yaxshilik bilan muomala qiling.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu holatning to‘g‘riligini baholash uchun avvalo quyidagilarni aniqlash kerak: siz otangizning so‘kishiga sabab bo‘ladigan bir xatolik qilayapsizmi yoki nohaq so‘kinayaptimi?

Agar siz o‘zingizdagi bir kamchilik, itoatsizlik yoki hurmatsizlik sababli u kishining g‘azabini keltirayotgan bo‘lsangiz, demak avvalo o‘zingizni to‘g‘rilashga harakat qiling. Farosatli, itoatli, ehtiiyotkor bo‘lishga intiling. Har bir ota bekordan-bekorga so‘kinmaydi – ba’zida bu o‘zining charchog‘i, muammolari yoki tarbiyaviy uslubidir.

Ammo shunday otalar ham bo‘ladiki, sababsiz, ortiqcha va og‘ir so‘zlar bilan farzandini siqib qo‘yadi. Agar shunday holat bo‘lsa, siz yomonlikka yomonlik bilan javob qaytarmasdan, duo bilan, xizmat bilan va go‘zal muomala bilan otangizni yumshatishga harakat qiling.

Sizning “Allohim, otam meni so‘kdi” deb shikoyat qilishingiz o‘rniga:

“Allohim, otamga hidoyat ber. Meni sabrli, yaxshi farzand qil,” deb duo qilish – bu foydaliroq va savobliroq yo‘ldir.

Har qanday holatda ham ota – ota. Qur’onda Alloh taolo ota-onaga yaxshilik qilishni buyurgan. Shuning uchun, imkon qadar e’tiroz qilmasdan, mehr bilan muomala qilishga harakat qiling.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Shariatga xilof narsalar ham sotiladigan omborxonada ishlash hukmi.

    April 15, 2026
  • Ruqyada oyat va hadisdan boshqa duo qilsa ham bo‘ladimi?

    April 15, 2026
  • Inson ajalini oldindan sezishi mumkinmi?

    April 13, 2026
  • Tik-tokda video ko‘rishni tashlay olmayotgan do‘stimga nasihat qiling.

    April 13, 2026
  • “Grin karta” o‘ynash ham lotereya kabi harommi?

    April 9, 2026
  • Oylikka ishlaydigan odam ham Allohdan boylik so‘rasa bo‘ladimi?

    April 8, 2026