Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ustoz, ayolim nasihatga quloq solmayapti, telefonidan ota-onamni yomonlagan SMSlarni topdim. U homilador, ajrashish to‘g‘rimi?

Ustoz, ayolim nasihatga quloq solmayapti, telefonidan ota-onamni yomonlagan SMSlarni topdim. U homilador, ajrashish to‘g‘rimi?

Nashr sanasi: June 25, 2025

Savol :

Ustoz, ayolimga ko‘p nasihat qilaman: “Qo‘shiq eshitma, telefonda ko‘p o‘tirma”, deb. U “xo‘p” deydi-yu, lekin baribir o‘z bilganini qiladi. Telefonini ko‘zdan kechirsam, otasi ota-onamni yomonlab yozgan SMSlarini ko‘rib qoldim. Men uni noshar’iy to‘yga yubormagandim, otasi esa “Qo‘yaver, men ularni duoyi bad qilyapman”, deb yozibdi. Endi esa ayolimdan ajrashib, boshqasiga uylanay desam, u bir oylik homilador. Ustoz, nima qilay? Maslahat bering.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu holatda ajrashishdan ko‘ra, sabr, nasihat va yaxshi muomala yo‘lini tutish afzal. Har bir ayolda kamchilik bo‘ladi, ammo sabr va yumshoqlik bilan ayol tarbiyalanadi. U hozir homilador, bu holatda ajrashish og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu murakkab masala. Har bir ayolning kamchiligi bo‘ladi, lekin shu kamchiliklarga qaramay boshqa jihatlari yaxshi bo‘lishi mumkin: xizmatda, halollikda, mehrda. Birinchi yechim – sabr va tarbiya. Sekin-sekin, muloyimlik bilan nasihat qilishda davom eting. Telefonini kuzataverish to‘g‘ri emas – bu ishonchga putur yetkazadi. Siz yaxshi muomala qilsangiz, ayolingiz asta-sekin o‘zgaradi, in shaa Alloh.

Otasi haqida gap ketadigan bo‘lsa, bu uning so‘zlari. Shariatda erining haqqi oliy – ayol eriga itoatli bo‘lishi kerak. Hozirgi holatda u homilador ham, shu sababli undan ajralish so‘nggi chora bo‘lishi kerak. Agar boshqa tarafdan murosa qilish imkoningiz bo‘lsa, albatta shuni tanlang.

Iloji boricha oilani saqlab qolishga harakat qiling. Duo qiling, sabr qiling, o‘zingizni mustahkam tuting. Yaxshi o‘zgarishlar vaqt bilan keladi.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026