Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ustoz, onam xotinimga qattiq muomala qilyaptilar. Xotinim dosh berolmayapti. Birga yashash og‘irlashdi. Nima qilay?

Ustoz, onam xotinimga qattiq muomala qilyaptilar. Xotinim dosh berolmayapti. Birga yashash og‘irlashdi. Nima qilay?

Nashr sanasi: June 25, 2025

Savol :

Men uylanganimga 6 oy bo‘ldi. Uylanganimdan beri onam xotinimga qattiq muomala qilyaptilar, xotinim esa dosh berolmayapti. Endi birga yashash imkonsiz holga kelib qoldi. Xotinim hozir homilador, tez orada tug‘adi. Ustoz, nima qilay, qanday yo‘l tutay?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar holat chindan ham og‘irlashgan bo‘lsa, ya’ni onangiz ham, xotiningiz ham bir-biriga dosh berolmayotgan, o‘zaro tinchlik yo‘q bo‘lsa va bu holat homilaga ham salbiy ta’sir qilayotgan bo‘lsa – eng yaxshi yechim alohida chiqib, mustaqil yashashdir. Ijarada bo‘lsa ham, alohida yashash imkonini topishga harakat qiling.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar holat chindan ham og‘irlashgan bo‘lsa, ya’ni onangiz ham, xotiningiz ham bir-biriga dosh berolmayotgan, o‘zaro tinchlik yo‘q bo‘lsa va bu holat homilaga ham salbiy ta’sir qilayotgan bo‘lsa – eng yaxshi yechim alohida chiqib, mustaqil yashashdir. Ijarada bo‘lsa ham, alohida yashash imkonini topishga harakat qiling.

Lekin avval bir bor tinch muhitda ikki tomon bilan ham gaplashib ko‘ring, ularni yarashtirishga harakat qiling. Ko‘p hollarda vaqt o‘tib, kelin va qaynona bir-birini tushunib oladi. Ammo ba’zi hollarda bunday murosaga erishish mushkul bo‘ladi.

Agar onangiz ruxsat bersalar va o‘zingiz ham imkon topsangiz, xotiningizni alohida yashashga olib chiqing. Bu bilan onangiz ham, xotiningiz ham tinchlik topadi, siz ham orada ezilmay qolgan bo‘lasiz.

Xulosa: Tinchlik va sog‘liq uchun, ayniqsa homiladorlik holatida, alohida yashash eng to‘g‘ri yo‘ldir – agar boshqa yo‘l qolmagan bo‘lsa.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026