Ustoz, men bir insonga turmushga chiqdim, ikkita kundoshim bor. Alhamdulillah, tinch yashayapmiz. Ammo bu insonga turmushga chiqishdan oldin johiliyatda yashaganman — juda ko‘p gunoh qilganman. Alloh rahm qilib O‘zini tanitdi, tavba qilishga yo‘l ochdi. Hozir har kuni tavbadaman, Qur’on o‘qishni o‘rgandim va boshqalarga ham o‘rgatyapman, alhamdulillah. Turmush o‘rtog‘im ilmga chaqiradi, yaxshilikka targ‘ib qiladi. 9 yildir birga yashayapmiz.
Birinchi turmushimdan 1 qizim bor. Hozirgi erim o‘tmishim sabab mendan farzand ko‘rishni istamaydi. “Bu mening haqqim”, deydi. Nasabim va o‘tmishim sababli mendan yaxshi farzand tug‘ilmasmish. “Ko‘nmasang, ajrashamiz”, deydi. Men erimdan ajralishni istamayman, lekin farzand ko‘rishni juda ham xohlayman. Iltimos, menga nasihat bering. Nima qilay?