Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Allohdan “Duoyimni yorug‘lik tezligida ijobat qilgin” deb so’rash mumkinmi?

Allohdan “Duoyimni yorug‘lik tezligida ijobat qilgin” deb so’rash mumkinmi?

Nashr sanasi: June 9, 2025

Savol :

Ustoz, duo qilib: “Ey Alloh, so‘ragan narsamni menga yorug‘lik tezligida ber” — deb so‘rash mumkinmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bo‘ladi. Ya’ni, “tezroq bergin” deb so‘rash mumkin. Duo eshigi ochiq — bu so‘rovda hech qanday shariatga zid joy yo‘q. Ammo Alloh Subhānahu va Ta‘ālā o‘zi Hakim zot. Agar sizga yorug‘lik tezligida berish hikmatli bo‘lsa, albatta beradi.

Bismillah, alhamdulillah, vassalātu vassalāmu ‘alā rasūlillāh, ammā ba’d.

Bo‘ladi. Ya’ni, “tezroq bergin” deb so‘rash mumkin. Ma’nosi: “shu zahoti ijobat qilgin” deganidir. Duo eshigi ochiq — bu so‘rovda hech qanday shariatga zid joy yo‘q. Ammo Alloh Subhānahu va Ta‘ālā o‘zi Hakim zot. Agar sizga yorug‘lik tezligida berish hikmatli bo‘lsa, albatta beradi.

Alloh Ta‘ālā O‘z hikmati bilan shuni lozim topsa va xohlasa, beradi. Biz esa duo qilaveramiz:
“Allohim, O‘zing ber! O‘zing gunohlarimizni mag‘firat qil! O‘zing baraka ber, hayotimizni go‘zal qil, qiyinchiliklarimizni yengillashtir, najot ato et!”

Alloh Subhānahu va Ta‘ālā bu duolarimizga albatta o‘z hikmati bilan mos tarzda javob beradi.

Shuni biz aniq ishonch bilan bilishimiz kerak.
Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026