Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ota-bola o‘rtasidagi qarz: Shariat bunga qanday qaraydi?

Ota-bola o‘rtasidagi qarz: Shariat bunga qanday qaraydi?

Nashr sanasi: June 9, 2025

Savol :

Bundan bir necha yil avval bir tanishimning otasi undan 400 dollar qarz olgan ekan. Hozirga qadar bermay, “Bo‘ldi, o‘sha pullarni unut, axir men sening otangman-ku. Ota-bola o‘rtasida qarz degan narsa bo‘lmaydi”, deb aytyapti. Birodarim esa “Mayli, sadaqa bo‘lsin”, deb kechgan. Shariat bu holatga qanday qaraydi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar ota ehtiyojmand bo‘lib olgan bo‘lsa, bu qarz emas — farzandning molidan foydalanishi joiz. Rasululloh ﷺ: “Sen ham, moling ham otangnikidir” (Ibn Mājah). Farzand buni sadaqa deb emas, xizmat va silai rahm deb bilsin. Ammo agar ota ehtiyojsiz holda olgan bo‘lsa, bu to‘g‘ri emas.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar ota haqiqatda ehtiyojmand bo‘lib, bolasi esa imkoniyatli bo‘lsa, bu holatda farzand molidan foydalansa bo‘ladi. Chunki Rasululloh ﷺ aytdilar: “Sen ham, moling ham otangnikidir.” (Ibn Mājah, 2291)

Ammo bu faqat ehtiyoj uchundir – ovqat, kiyim, davolanish kabi zaruratlar. Ehtiyojsiz holda, o‘z xohishiga ko‘ra olib ishlatish joiz emas. Masalan, farzandining mashinasini yoki mol-mulkini ota o‘ziga olib sotishi to‘g‘ri bo‘lmaydi.

Agar ota o‘sha pulni ehtiyoji uchun olgan bo‘lsa, bu holatda bu pulni qarz deb hisoblamaslik mumkin. Farzand esa buni sadaqa deb aytishdan ehtiyot bo‘lishi lozim. Chunki bu go‘yoki “men senga ehson qildim” degandek tuyuladi, bu esa ota-onaga hurmatsizlikka o‘xshab ketadi.

To‘g‘ri yondashuv: “Otam uchun, Alloh rizosi uchun berilgan narsa edi” deb ko‘ngilda uni sadaqa sifatida emas, silai rahm va xizmat sifatida qabul qilishdir.

Xulosa:
Agar ota ehtiyojmand bo‘lib olgan bo‘lsa – bu qarz emas, va farzand bunga minnat qilmasligi kerak. Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026