Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Nikoh paytida oila qurayotganlarni tanimaydigan kishilarning guvohligi o‘tadimi?

Nikoh paytida oila qurayotganlarni tanimaydigan kishilarning guvohligi o‘tadimi?

Nashr sanasi: June 4, 2025

Savol :

Ustoz, nikoh paytida oila qurayotganlarni tanimaydigan kishilarning guvohligi o‘tadimi?
Bizning nikohimizda dadam, erim va bir imom ishtirok etgan. Imom yaqinimizdagi masjid imomi, u bizni tanimaydi, faqat nikoh marosimida guvoh bo‘lib qatnashgan.
Shu holatda nikohimiz sahih hisoblanadimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ha, nikoh sahih bo‘ladi. Guvohlar albatta qarindosh bo‘lishi kerak degan shart yo‘q.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Ha, nikoh sahih bo‘ladi.

Nikohda guvoh bo‘lishi kerak bo‘lgan kishilar haqida shariatda quyidagilar shart qilinadi:

  • Musulmon bo‘lishi,

  • Balog‘atga yetgan va aql-hushi joyida bo‘lishi.

Ularning albatta kelin-kuyovni avvaldan tanishi shart emas. Shuning uchun, masjid imomi sizlarni tanimagan bo‘lsa ham, u balog‘atga yetgan, aqlli, musulmon kishi bo‘lib, nikohda guvoh bo‘lgan bo‘lsa — guvohligi o‘tadi.


Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ota-onam meni aqidasi buzuq insonga turmushga berishmoqchi…

    August 13, 2026
  • Ikkinchi ayolga uylanayotgan kishi birinchi ayolini sir tutsa bo‘ladimi?

    August 11, 2026
  • Shar’iy nazar qilgandan keyin oila qurish fikridan qaytilsa, buning hukmi qanday?

    July 21, 2026
  • Qiz olib qochish urfiga ko‘ra qilingan nikoh sahih bo‘ladimi?

    July 21, 2026
  • Ota “qizimni berdim” deyishi bilan nikoh bog‘lanadimi?

    June 18, 2026
  • Erta uylanish afzalmi, kech uylanishmi?

    May 5, 2026