Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Xulu‘ orqali ajrashgan ayol eriga qayta turmushga chiqishi joizmi?

Xulu‘ orqali ajrashgan ayol eriga qayta turmushga chiqishi joizmi?

Nashr sanasi: June 4, 2025

Savol :

Ustoz, men erim bilan xulu’ orqali ajrashdim. Endi erimga yana qaytmoqchi bo‘lsam, bir oy idda o‘tirib keyin qaytsam bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar ayol xulu’ orqali ajrashgan bo‘lsa, va o‘sha eriga qaytmoqchi bo‘lsa — idda shart emas. Ammo boshqa erkakka turmushga chiqmoqchi bo‘lsa, idda o‘tirish farz bo‘ladi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Yo‘q, xulu’ orqali ajralgan ayol eriga qaytmoqchi bo‘lsa, idda shart emas.

Agar siz shu ajrashgan eringizga qaytmoqchi bo‘lsangiz, idda kutishsiz qayta nikoh o‘qitib, yana er-xotinlik hayotingizni davom ettirishingiz mumkin.

Lekin agar boshqa bir erkakka turmushga chiqmoqchi bo‘lsangiz, unda idda shart bo‘ladi — xulu’ ajrimidan so‘ng ayol bir hayz yoki bir oy idda o‘tirishi lozim.


Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Uylana olmayotganim sababi sehr qilingan bo‘lishim mumkinmi?

    February 13, 2026
  • Yosh bolani unashtirish nikoh hukmiga o‘tadimi?

    February 7, 2026
  • O‘zi taloq so‘ragan ayol mahrni ham talab qilishga haqlimi?

    January 28, 2026
  • Yolg‘onchi va qasamxo‘r er bilan yashash haqida.

    January 26, 2026
  • Nikohdan avval alohida yashash sharti bilan tekkan ayolning savoli.

    January 16, 2026
  • Iddadagi ayol xulu qilsa, eriga nomahram bo‘lib qoladimi va idda o‘tiradimi?

    January 8, 2026