Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Ota-ona ajrashgan. Mahkama otaga nafaqa tayinlagan, lekin u to‘lamayapti. Shu sababli bolalarni ota bilan gaplashtirmaslik joizmi?

Ota-ona ajrashgan. Mahkama otaga nafaqa tayinlagan, lekin u to‘lamayapti. Shu sababli bolalarni ota bilan gaplashtirmaslik joizmi?

Nashr sanasi: May 28, 2025

Savol :

Ustoz, ota-ona ajrashgach, bolalar onada qolgan. Mahkama tomonidan otaga nafaqa belgilangan, ammo u uni to‘lamayapti. Shunga qaramay, ota telefon orqali bolalar bilan gaplashishni talab qilmoqda. Ular esa boshqa-boshqa davlatda yashashadi. Nafaqa bermaganligi sababli bolalar bilan gaplashtirmaslik joizmi? Bu bilan otaga zulm qilgan bo‘lib qolmaymizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar ota to‘lashga qodir bo‘lsa-yu, ataylab nafaqa bermasa — bolaning onasi vaqtincha bolalar bilan aloqani to‘xtatib, uni mas’uliyatga chorlashi mumkin. Ammo imkoniyati yo‘q bo‘lsa, bu holatda rahm-shafqatli bo‘lish lozim.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar ota imkoniyati bo‘la turib, ataylab nafaqa bermasa, u holda ayol bolaning huquqini himoya qilish maqsadida, uni vaqtincha gaplashtirmaslikka haqli bo‘ladi. Bu shariatda “muomala bil-misl” (ya’ni qanday munosabat ko‘rsatsa, shunga yarasha javob qaytarish) qoidasi asosida bo‘ladi. Chunki ota farzandiga moddiy jihatdan qaraydigan mas’uldir. Farzandlar nima yeydi, qanday yashaydi — bu mas’uliyat otaning zimmasidadir.

Lekin agar ota haqiqatda imkoniyatsiz bo‘lsa, kasal bo‘lsa yoki ishsizlik sababli pul topa olmayotgan bo‘lsa — unday holatda u bilan farzandlarning aloqasini uzish, ularni gaplashtirmaslik zulm hisoblanadi. Bu holatda ayol shafqatli bo‘lib, Alloh uchun sabr qilishi, va bolalarni otasi bilan gaplashishga to‘sqinlik qilmasligi kerak.

Ko‘plab hollarda otalar moddiy jihatdan yaxshi yashab turib ham, farzandlariga qarashmaydi. Umra, hajlarga boradi, qimmatbaho kiyimlar kiyadi, telefonlar ishlatadi, lekin “imkonim yo‘q” deb yolg‘on bahona qiladi. Agar shunday holatda bo‘lsa, uni ogohlantirib, “Nafaqani to‘lasang, bolalarni gaplashtiraman”, deyish joiz.

Lekin haqiqatda nochor bo‘lsa, unday otani bolalardan butunlay uzish zulmga olib boradi. Shuning uchun vaziyatni chuqur o‘rganish kerak. Ota imkoniyatsizmi yoki dangasa va mas’uliyatsizmi — mana shu ajratilsin.

Xulosa:
Agar ota to‘lashga qodir bo‘lsa-yu, ataylab nafaqa bermasa — bolaning onasi vaqtincha bolalar bilan aloqani to‘xtatib, uni mas’uliyatga chorlashi mumkin. Ammo imkoniyati yo‘q bo‘lsa, bu holatda rahm-shafqatli bo‘lish lozim. Farzand bilan otaning aloqasini butunlay uzish o‘ylab qadam tashlanadigan ish emas.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Nikoh paytida oila qurayotganlarni tanimaydigan kishilarning guvohligi o‘tadimi?

    June 4, 2025
  • Xulu‘ orqali ajrashgan ayol eriga qayta turmushga chiqishi joizmi?

    June 4, 2025
  • Qaynota kelinga mahrammi? Uning oldida ro‘molsiz yurish va yolg‘iz qolish mumkinmi?

    June 3, 2025
  • O‘gay qiz erga mahram bo‘ladimi?

    June 3, 2025
  • Ayol kishi erining ruxsatisiz ishlashi joizmi?

    June 3, 2025
  • Ayolning “Mahringizni qaytarib oling” degan so‘zi xulu’ sanaladimi? Ajrimdan keyin er uyida yashash joizmi?

    June 2, 2025