Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ayoli bilan janjallashib, Rossiyaga ketgan va olti oydan beri oilasidan habar olmayotgan erni qanday isloh qilsa bo’ladi?

Ayoli bilan janjallashib, Rossiyaga ketgan va olti oydan beri oilasidan habar olmayotgan erni qanday isloh qilsa bo’ladi?

Nashr sanasi: May 28, 2025

Savol :

Bir ayolning eri juda kibrli ekan.
Ayolini besh yil oldingi qilgan xatosi uchun haligacha jazolab, “seni shunday tarbiya qilishim kerak”, deb unga yaxshi muomala qilmayapti. Oxirgi safar yana urushib, Rossiyaga ketib qolgan. Endi esa, “men seni tarbiyalayapman”, deb, olti oydan beri telefonda ham gaplashmayapti.

Ayolning ham ko‘ngli sovugan, yashashni xohlamayapti. Ular orasida hech qanday aloqa yo‘q. Kuyovning onasi ham “gaplashsangiz urushib ketasizlar” deb, ular bilan gaplashishga ruxsat bermayapti. Er-xotin orasini isloh qiladigan hech kim yo‘q.

Hozirda qizning onasi uni kuyovning uyiga yubormayapti.
Shunday vaziyatda ayol nima qilishi kerak?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bunday vaziyatda ayol sabr qilsin. Foyda va zararlarni solishtirish kerak. Agar erni isloh qilishning iloji bo‘lmasa, to‘rt oydan oshgach, ayol shariat asosida murojaat qilishga haqli bo‘ladi. Lekin bitta muhim maslahat: Foyda va zararlarni solishtiring. Qayerda kattaroq foyda bor, qayerda kattaroq zarar bor? O‘sha asosda qaror qiling.

Bismillahir rohmanir rohiym. Alhamdulillah, vassalatu vassalamu ‘ala Rasulillah, amma ba’d.

Bunday vaziyatda ayol sabr qilsin. Foyda va zararlarni solishtirish kerak. Ya’ni, hozirgi holatning zarari bormi? Bor. Lekin agar eridan chiqsa, ajrashsa, kelajakda bundan ham katta zarar kelishi mumkinmi? Qaysi zarar kattaroq? O‘sha kattaroq zarardan saqlanish uchun, kichikroq zarar bo‘lsa ham sabr qilish kerak.

Agar hozirda onasining uyida yashayotgan bo‘lsa va olti oydan beri er bilan aloqa uzilgan bo‘lsa, telefon ham qilmasa — shariatda ayolning haqlari bor: to‘shak huquqi bor, nafaqa huquqi bor. Er bu mas’uliyatni bajarmayapti. Unday bo‘lsa, bu ayol to‘rt oydan oshgach, shariat asosida murojaat qilishga haqli bo‘ladi.

Agar isloh qilishning iloji bo‘lmasa, va ayol: “biz bu holatni tuzata olmayapmiz”, desa, unda ikki yo‘l bor:

Er erlik qilsin, odamdek yashasin.

Yoki ayolga erkinlik, javobini bersin.

Bunday holatda orani isloh qiladigan odamlarga ehtiyoj bor. Hozir bu xotinga “shunday qil”, “bunday qil” deb maslahat berish juda og‘ir. Chunki “ko‘rpaning issig‘ini yotgan biladi”. Er bilan yashash foydalimi, ajrashish foydalimi — buni faqat o‘zi biladi. Eri qanday, uning xulqi qanday — o‘ziga ayon.

Shuning uchun bitta muhim maslahat:
Foyda va zararlarni solishtiring.
Zararlarni solishtiring, foydalarni solishtiring. Qayerda kattaroq foyda bor, qayerda kattaroq zarar bor? O‘sha asosda qaror qiling.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ustoz, turk ustozimdan eshitdim: og‘ir kasalga jamoaviy Yosin o‘qish — islomiy jihatdan to‘g‘rimi? Bu bid’atga kirmaydimi?

    June 4, 2025
  • Mahramsiz safarga chiqish shar’an joizmi?

    June 4, 2025
  • Namoz o‘qimaydigan odamga salom bermasa bo‘ladimi?

    June 4, 2025
  • Ovqatdan soch tolasi chiqishi va ovqat pishirgan kishini malomat qilishish haqida.

    June 4, 2025
  • Qaynota kelinga mahrammi? Uning oldida ro‘molsiz yurish va yolg‘iz qolish mumkinmi?

    June 3, 2025
  • Erkak kishi ayolining soliha dugonalaridan ajratishi joizmi?

    June 3, 2025