Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Ko‘chada namoz o‘qish imkoniyati yo‘q bo‘lsa, ayol namozni jamlasa bo‘ladimi?

Ko‘chada namoz o‘qish imkoniyati yo‘q bo‘lsa, ayol namozni jamlasa bo‘ladimi?

Nashr sanasi: May 26, 2025

Savol :

Bizda ayollar ko‘chada namoz o‘qishi uchun sharoit yo‘q. Agar ayol zarur ish bilan tashqariga chiqsa va namozi qazo bo‘lishi aniq bo‘lsa, namozni jamlab o‘qib olish joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu savolga “ha” yoki “yo‘q” deb to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob berish qiyin, chunki bu ehtiyoj holatiga bog‘liq masala. Ulamolar yomg‘ir, xavf, yoki boshqa og‘irliklar kabi zaruratli vaziyatlarda namozlarni jamlashga ruxsat berganlar. Ammo bu holatda haqiqiy ehtiyoj borligi aniq bo‘lishi kerak.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu savolga “ha” yoki “yo‘q” deb to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob berish qiyin, chunki bu ehtiyoj holatiga bog‘liq masala. Ulamolar yomg‘ir, xavf, yoki boshqa og‘irliklar kabi zaruratli vaziyatlarda namozlarni jamlashga ruxsat berganlar. Ammo bu holatda haqiqiy ehtiyoj borligi aniq bo‘lishi kerak.

Masalan, ayol kishi bir ish bilan chiqyaptimi yoki faqat sayr-u hordiq uchunmi — bu tafsilotlar ahamiyatli. Agar ayol chindan ham zarurat sabab ko‘chaga chiqayotgan bo‘lsa va namozni o‘z vaqtida ado etish imkoni bo‘lmasa, u holda ehtiyoj asosida namozlarni jamlab o‘qishi mumkin.

Shu sababli bu kabi holatlarda har bir vaziyat individual tarzda ko‘riladi. Zaruratning haqiqatda mavjudligi aniqlangandan keyin shariatda ruxsat bor.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Ustoz, otam namoz o‘qimaydilar. U kishini qanday qilib ko‘ngillariga og‘ir botmaydigan tarzda namozga chaqirsam bo‘ladi?

    June 4, 2025
  • Mahsiga mash tortish uchun tahorat bo‘lishi kerakmi? Va uning shartlari qanday?

    June 4, 2025
  • Juma namoziga borishdan xavfsirayotgan kishi nima qilishi kerak?

    June 4, 2025
  • Xufton va vitr namozlarining qazosini o’qilish vaqtlari haqida

    June 1, 2025
  • Imomlik qilish mezonlari

    June 1, 2025
  • Qattiq g‘azab yoki sehr ta’sirida berilgan taloq shariatda o‘tadimi?

    May 26, 2025