Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ikki marta taloq va uchinchisida xulu’ bilan ajrashgan ayolni yana nikohiga olsa bo‘ladimi?

Ikki marta taloq va uchinchisida xulu’ bilan ajrashgan ayolni yana nikohiga olsa bo‘ladimi?

Nashr sanasi: May 26, 2025

Savol :

Ikki marta taloq bo‘lgan va uchinchisida xulu’ bilan ajrashgan ayolning eri: “Yana bir taloq haqqim bor,” deb uni nikohiga olsa bo‘ladimi?
Xulu’ uch taloq o‘rniga tushmaydimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu – fuqaholar o‘rtasida ixtilofli masala. Er taloq bermoqchi bo‘lmagan bo‘lsa, lekini xotini xulu’ yo‘li bilan ajrashgan bo‘lsa, Hanafiy ulamolari, “xulu’ taloq hisoblanadi”, Shofeiy mazhabida esa “hulu taloq hisoblanmaydi” deydilar. Ya’ni, ikki marta taloq va uchinchi safar xulu’ bo‘lgan holatda, agar xulu’ taloq hisoblanmasa, uch taloq to‘la bo‘lmagan hisoblanib, qayta nikohlab olish mumkin bo‘ladi.

Bismillah, alhamdulillah, vassalatu vassalamu ‘ala rasulillahi, va ba’d.

Bu – fuqaholar o‘rtasida ixtilofli masala. Ya’ni, xulu’ taloq hisoblanadimi yoki yo‘q, degan masala.

Agar xotinning o‘zi talab qilib, masalan, er hech qanday taloq bermoqchi bo‘lmayotgan bo‘lsa, lekin xotin o‘zi talab qilib, xulu’ yo‘li bilan ajrashgan bo‘lsa, bu borada fuqaholar o‘rtasida ixtilof bor. Hanafiy ulamolari: “Nima bo‘lishidan qat’i nazar, xulu’ taloq hisoblanadi,” deydilar.

Shofeiy mazhabida esa tafsilot bor. Agar ajrashishni xotinning o‘zi talab qilgan bo‘lsa, bu xulu’ hisoblanadi. Ammo er istamay: “Men taloq bermayman, lekin xulu’ qilmoqchi bo‘lsang, roziman,” desa, bu fasx hisoblanadi, ya’ni nikoh bekor qilinadi, ammo bu taloq hisoblanmaydi, deydilar.

Agar holat aynan shunday bo‘lgan bo‘lsa va er ham shu e’tiqodda bo‘lsa, bu fasx hisoblanadi. Bu holda er uni qaytadan nikohlashi mumkin.

Ya’ni, ikki marta taloq va uchinchi safar xulu’ bo‘lgan holatda, agar xulu’ taloq hisoblanmasa, bu holatda nikoh buzilgan, lekin uch taloq to‘la bo‘lmagan hisoblanadi. Shunday ekan, qaytadan nikohlab olish mumkin bo‘ladi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026