Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Otasi tomonidan keliniga qilinayotgan shilqimlik: O‘g‘il qanday yo‘l tutishi kerak?

Otasi tomonidan keliniga qilinayotgan shilqimlik: O‘g‘il qanday yo‘l tutishi kerak?

Nashr sanasi: May 26, 2025

Savol :

Akam o‘z keliniga shilqimlik qilayotganini bilib qoldik. Kelin bu holatni turmush o‘rtog‘iga aytgan. Shundan keyin jiyanim otasini kuzatib ko‘rdi va otasi chindan ham unga shahvat nazari bilan qarab, tegajoqlik qilishga urinayotganini ko‘rdi. Akam 53 yoshda, aqli raso, sog‘lom. Endi men bu holatni eshitib, undan voz kechish niyatidaman. Bunday holatda o‘g‘il nima qilishi kerak?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

O‘z keliniga bunday axloqsiz munosabatda bo‘lish — bu juda katta fujur va gunoh.Bu vaziyatda er sifatida erkak o‘z oilasini himoya qilishi farzdir. Ayolini bu kabi buzuq muhitdan chiqarib, alohida yashashga harakat qilsin.Otaga esa yomon muomala qilmasdan, silayi rahm (qarindoshlik aloqasi)ni uzmaslik lozim.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu juda og‘ir va chigal holat. Alloh barchamizga insof va hayo bersin. O‘z keliniga bunday axloqsiz munosabatda bo‘lish — bu juda katta fujur va gunoh. Bunday sharmandali ishni qilgan odam, ayniqsa yoshi ulug‘, aqli joyida bo‘lsa, bu holat yanada og‘irlashadi.

Bu vaziyatda er sifatida erkak o‘z oilasini himoya qilishi farzdir. Ayolini bu kabi buzuq muhitdan chiqarib, alohida yashashga harakat qilsin. Iloj bo‘lsa, ijaraga chiqsin, eskiroq bo‘lsa ham mustaqil yashasin. Chunki bu ayolga bo‘layotgan zulmga yo‘l qo‘yish — dayuslikdir, ya’ni o‘z oilasiga bo‘layotgan buzuqlikni ko‘rib jim turishlik.

Otaga esa yomon muomala qilmasdan, silayi rahm (qarindoshlik aloqasi)ni uzmaslik lozim. Uni harakatda emas, alohida yashab, aloqani muvozanatda olib borish tavsiya etiladi.

Eng to‘g‘ri yo‘l — oila xavfsizligini birinchi o‘ringa qo‘yish va ayni paytda otaga yumshoqlik bilan, ehtiromni buzmasdan yondashishdir.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Sotilgan chiptalardan tushgan bonuslar evaziga boshqa insonlarga chipta olib bersa bo’ladimi?

    October 10, 2025
  • Qarzga pul so‘rash o‘rniga muddatli to‘lovga mashina oldirish haqida savol.

    October 7, 2025
  • Yoshligida yigitlar bilan gaplashgan qizlar erga tekkach bu ishini aytishi kerakmi?

    October 7, 2025
  • Emizikli boladan ortgan ovqatni otasi yesa bo‘lmaydimi?

    October 7, 2025
  • Otasi urushqoq xo‘roz yetishtirib sotadigan yigitning savoli.

    October 6, 2025
  • Noila deb ism qo‘yish hukmi.

    October 6, 2025