Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Idda paytida ayol o‘qishdagi imtihoniga borishi mumkinmi?

Idda paytida ayol o‘qishdagi imtihoniga borishi mumkinmi?

Nashr sanasi: May 26, 2025

Savol :

Ustoz, men tish shifokorligi yo‘nalishida o‘qiyman. Hozir imtihonlar boshlandi. Erim: «Uch taloqsan», deb javobimni berdi. Akam: «Idda o‘tirishing kerak», deyapti. Lekin men imtihonlarga bormasam bo‘lmaydi. Nima maslahat berasiz?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ayol kishi imtihoniga borib kelsa bo‘ladi, lekin iddani buzmaslik uchun kechani o‘z uyida o‘tkazishi lozim.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bunday holatda imtihonlarga borib-kelish joiz, chunki bu zarurat holatiga kiradi. O‘qigan odam uchun imtihonni topshirish muhim va kechiktirib bo‘lmaydi. Ammo idda hukmiga binoan, kechqurun o‘z uyida tunashi lozim.

Shariatda iddada bo‘lgan ayolga tirikchiligi uchun zarurat yuzasidan uyidan chiqishga ruxsat berilgan. Hatto Rasululloh ﷺ iddada bo‘lgan bir ayolga ishlashga ruxsat berganlar. Imtihon topshirish esa ishlashdan ham muhim ehtiyoj bo‘lishi mumkin.

Shuning uchun siz kunduzi imtihonlarga borib kelsangiz, bu joiz bo‘ladi. Faqat kechasi albatta o‘z uyingizda idda niyatida tunab yuring.
Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Vitrni xuftondan alohida o‘qish shartmi?

    June 3, 2026
  • Musulmonni yomon ko‘rish hukmi.

    May 25, 2026
  • Muqtadiy 3- va 4-rakaatda “Fotiha” o‘qishi yonidagilarga yoqmasa, nima qilishi kerak?

    May 25, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026