Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Hech kimga bildirmay nikoh o‘qitib olsa bo’ladimi?

Hech kimga bildirmay nikoh o‘qitib olsa bo’ladimi?

Nashr sanasi: May 26, 2025

Savol :

Ustoz, yoshim 24 da. Uylanmoqchiman, lekin oldimda opam bor. Onam: «Opang turibdi, sen qanday qilib uylanmoqchisan?» deydi. Shu sababli, boshqa shaharga borib, hech kimga bildirmay nikoh o‘qitib olsam bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Yashirincha uylanish mumkin, ammo eng afzal yo‘l — onani rozi qilib, duo olgan holda barakali nikoh o‘qitishdir.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Aslida, siz balog‘atga yetgan, roshid (aqlli va mustaqil) erkak kishisiz. Shariat jihatidan uylanish uchun hech kimning ruxsati shart emas, uylanishga haqqingiz bor. Hech kimga bildirmay nikoh o‘qitib olsangiz ham nikoh sahih bo‘ladi — bu jihatdan to‘sqinlik yo‘q.

Lekin bu ishni yashirincha qilish onangizni ranjitishi mumkin. Onalar farzandining to‘yi, baxtli kuni haqida orzu qiladi. Sizni katta qilgan, sizdan umidi bor. Agar siz yashirincha uylansangiz, bu onangizga og‘ir botadi. Shu sababli, imkon boricha onangizni rozi qilishga harakat qiling. Halol niyatda, ochiqchasiga, hurmat bilan gaplashib, tushuntiring.

Agar har qancha harakat qilsangiz ham onangiz rozi bo‘lmasa, sabr qilish — yaxshi yo‘l. Ammo agar chindan ham sabr qilishga kuchingiz yetmasa, va zinoga ketish xavfi bo‘lsa, u holda uylanishingiz joiz — hatto kerak ham bo‘ladi. Faqat bu ishni yaxshi niyat, ehtiyot va mas’uliyat bilan amalga oshiring. Shariat buni man qilmaydi.

Xulosa:
Yashirincha uylanish mumkin, ammo eng afzal yo‘l — onani rozi qilib, duo olgan holda barakali nikoh o‘qitishdir.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Nikoh paytida oila qurayotganlarni tanimaydigan kishilarning guvohligi o‘tadimi?

    June 4, 2025
  • Xulu‘ orqali ajrashgan ayol eriga qayta turmushga chiqishi joizmi?

    June 4, 2025
  • Qaynota kelinga mahrammi? Uning oldida ro‘molsiz yurish va yolg‘iz qolish mumkinmi?

    June 3, 2025
  • O‘gay qiz erga mahram bo‘ladimi?

    June 3, 2025
  • Ayol kishi erining ruxsatisiz ishlashi joizmi?

    June 3, 2025
  • Ayolning “Mahringizni qaytarib oling” degan so‘zi xulu’ sanaladimi? Ajrimdan keyin er uyida yashash joizmi?

    June 2, 2025