Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Oilali erkak beva ayolga yordam berish niyatida har kuni telefonda gaplashishi to’g’rimi?

Oilali erkak beva ayolga yordam berish niyatida har kuni telefonda gaplashishi to’g’rimi?

Nashr sanasi: May 22, 2025

Savol :

Ustoz, erim bir beva ayolga ehson qilaman deydi va har kuni qo‘ng‘iroq qilib, hol-ahvol so‘raydi. Shu ishi to‘g‘rimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bismillah, va sallatu va salom ‘ala Rasulillah, amma ba’d. Har kuni begona ayol bilan gaplashish, vaqt o‘tkazish — bu, albatta, fitnaga olib keladigan narsa bo‘ladi. Agar qalbiga bir narsa o‘tirib qolgan bo‘lsa, bir yaxshilik tomonini o‘ylagan bo‘lsa, unga uylansin — Bismillah. Uylansa, halol yo‘li bilan o‘sha narsaga o‘tsin. Bo‘lmasa, bu narsaning eshigini yopib qo‘ysin, yaxshiligini Alloh uchun boshqa yo‘ldan qilsin. Wallohu a’lam.

Bismillah, va sallatu va salom ‘ala Rasulillah, amma ba’d.

Endi har kuni hol-ahvol so‘rab, bunaqangi ish qilsa, bu fitnaga olib keladigan bo‘lsa, bu — noto‘g‘ri bo‘ladi. Ba’zilar “ta’lim beraman” deb, bir chekkaga olib borib, “va tenini o‘rgatyapman unga” deb, odamlar ushlab olsa, “men va tenini dars berayapman” degan ekan.

Ya’ni, bunaqangi bo‘lmaydi-da. Endi, agar yordam bermoqchi bo‘lsa, soatlab telefonda beva ayol bilan gaplashmaydi. Agar u hojatda bo‘lsa, ehtiyoj yuzasidan gapirish boshqa. Lekin unaqa qilib, soatlab u bilan har kuni gaplashish, vaqt o‘tkazish — bu, albatta, fitnaga olib keladigan narsa bo‘ladi.

Agar qalbiga bir narsa o‘tirib qolgan bo‘lsa, bir yaxshilik tomonini o‘ylagan bo‘lsa, unga uylansin — Bismillah. Uylansa, halol yo‘li bilan o‘sha narsaga o‘tsin. Bo‘lmasa, bu narsaning eshigini yopib qo‘ysin, yaxshiligini Alloh uchun boshqa yo‘ldan qilsin.

Wallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026