Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Taloq tushishining shartlari

Taloq tushishining shartlari

Nashr sanasi: May 22, 2025

Savol :

Bir kishi ayoliga bir taloq aytganda, ayoli shunday degan:
“Agar birga yashamaydigan bo‘lsak, uch taloq berishingiz kerak,” – deb, yana taloq aytishni talab qilgan.

Eri birinchi taloqdan keyin ikkinchi taloqni ham aytgan. Ayoli:
“Yana bir marta aytsangiz, keyin butunlay tugaydi,” – degan.

Shundan so‘ng eri uchinchi taloqni ham bergan. Ular sud orqali ham ajrashishgan.

Oradan 10 yil o‘tib, ular qayta yarashmoqchi bo‘lishyapti. Bu mumkinmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bismillahir rohmanir rohiym. Vassalatu vassalamu ‘ala Rasulillah. Amma ba’d. Agar taloqlar bir majlisda aytilgan bo‘lsa, faqat bitta taloq tushgan hisoblanadi. Shuning uchun oradan 10 yil o‘tgan bo‘lsa, ular yana nikoh qilib yashashlari mumkin. Nikohdan keyin bitta taloq tushgan hisoblanadi, ya’ni ularning qo‘lida yana ikkita taloq haqqi qoladi. Shuningdek, erkak: “Agar birga yashamasak, uch taloq bo‘lsin,” degan bo‘lsa ham, bu shartli aytilgan bo‘ladi. Va bu ham bir majlisda bo‘lgan bo‘lsa, u holda hammasi bitta taloq deb hisoblanadi.

Bismillahir rohmanir rohiym. Vassalatu vassalamu ‘ala Rasulillah. Amma ba’d:

Agar bu taloqlar bir majlisda aytilgan bo‘lsa, hozir aytilgan holatga ko‘ra, faqat bitta taloq tushgan hisoblanadi.

Endi, oradan 10 yil o‘tgan bo‘lsa, ular yana nikoh qilib yashashlari mumkin. Nikohdan keyin bitta taloq tushgan hisoblanadi, ya’ni ularning qo‘lida yana ikkita taloq haqqi qoladi.

Bu shunday bo‘ladi: uchta taloqdan bittasi ketgan, ikkitasi qolgan. Chunki bir majlisda “taloqsan” deb aytilgan narsa, ustma-ust aytilgan bo‘lsa ham, fiqhga ko‘ra bitta taloq hisoblanadi.

Shuningdek, erkak: “Agar birga yashamasak, uch taloq bo‘lsin,” degan bo‘lsa ham, bu shartli aytilgan bo‘ladi. Va bu ham bir majlisda bo‘lgan bo‘lsa, u holda hammasi bitta taloq deb hisoblanadi.

Idda davrida bir necha taloq berilgan bo‘lsa ham, agar ular bir majlisda aytilgan bo‘lsa, bularning barchasi bitta taloq hisoblanadi.

Shu asosda, hozirgi holatda xotin bitta taloq bilan ajrashgan hisoblanadi va ular qayta nikohlansa bo‘ladi.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Tunda ishlash xatomi?

    July 25, 2026
  • “Dinda haraj yo‘q” deyish bilan sustkashlik chegarasi.

    July 24, 2026
  • Gigienaga amal qilish hukmi.

    July 24, 2026
  • Erim vatanda qolgan onamni ziyorat qilishga yubormaydi…

    July 24, 2026
  • Urfga ko‘ra ota uyi kichik farzandga qolishi to‘g‘rimi?

    July 24, 2026
  • Singlimning noshar’iy o‘tadigan to‘yiga bormasligimga ota-onam ko‘nmayapti…

    July 23, 2026