Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Maxsus yemlar va tovuq ahlatlari bilan boqilayotgan baliqlarni va tovuqlarni iste’mol qilish hukmi qanday?

Maxsus yemlar va tovuq ahlatlari bilan boqilayotgan baliqlarni va tovuqlarni iste’mol qilish hukmi qanday?

Nashr sanasi: May 22, 2025

Savol :

Ustoz, hovuzli fermalarda boqiladigan baliqlar tabiiy sharoitda emas, balki maxsus yemlar bilan boqilarkan. Aytishlaricha, bunday yemlar chetdan keltiriladi va tarkibida harom moddalar bor ekan. Ba’zi fermalarda esa hovuzlar ustiga tovuqxona qurib, tovuqlarning axlati to’g’ridan-to’g’ri suvga, baliqlar ustiga tushadi va baliqlar ularni yeb qo’yarkan. Shuningdek, baliqlar o’sha maxsus yemlar bilan ham boqiladi. Shu holatda bu baliqlarning, shuningdek, ularni boqayotgan tovuqlarning va ularning tuxumining hukmi qanday?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bismillah, vas-salātu vas-salāmu ‘alā rasūlillāh, ammā ba’d. Avvalo, chet eldan keltirilgan yemlarning tarkibida harom narsa bormi yo‘qmi — bu aniqlanishi kerak. Tovuqlarning axlati nazarda tutilayotgan bo‘lsa, bu aslida tohir (pok) bo‘ladi, degan rojih (ustun) fatvo mavjud. Shuning uchun bu holat yengil (sahih) deb qaraladi. Ya’ni, baliqlar ularni yegandan keyin bevosita haromga aylanmaydi. Bu yerda “istihola” degan masala bor. Ya’ni, bir narsa o‘z holatidan chiqib, boshqa holatga o‘zgaradi. Ammo ochiq-oydin harom narsa, masalan cho‘chqa go‘shti olinib, maydalab baliqlarga yedirilayotgan bo‘lsa – bu boshqa masala. Bunday holatda musulmon kishi albatta undan chetlanadi. Vallohu a’lam.

Bismillah, vas-salātu vas-salāmu ‘alā rasūlillāh, ammā ba’d.

Avvalo, chet eldan keltirilgan yemlarning tarkibida harom narsa bormi yo‘qmi — bu aniqlanishi kerak. Nima bor u yemning ichida, nimasi bilan harom bo‘lyapti?

Agar tovuqlarning axlati nazarda tutilayotgan bo‘lsa, bu narsa – ya’ni, go‘shtli yemlarni iste’mol qilgan hayvonlarning chiqindilari – aslida tohir (pok) bo‘ladi, degan rojih (ustun) fatvo mavjud.

Shuning uchun bu holat yengil (sahih) deb qaraladi. Ya’ni, baliqlar ularni yegandan keyin bevosita haromga aylanmaydi. Bu yerda “istihola” degan masala bor. Ya’ni, bir narsa o‘z holatidan chiqib, boshqa holatga o‘zgaradi. Masalan, daraxt tagiga axlat qo‘yilsa, daraxt uni ildizi orqali o‘zlashtiradi va meva beradi. Bu meva halol hisoblanadi.

Shu kabi, baliq ham tovuq axlatini yoki boshqa shubhali yemni iste’mol qilsa, u yem baliq go‘shtiga aylanayotganda tarkibi o‘zgaradi. Bu kimyoviy o‘zgarish orqali boshqa holatga o‘tadi. Ya’ni, yem boshqa narsa, go‘sht esa boshqa. Bu esa istihola hisoblanadi.

Agar qalbingizda bir gumon bo‘lsa, ya’ni bu narsani yemaslikka moyil bo‘lsangiz, taqvo nuqtayi nazaridan uni yemang. Ammo aslida, bu holat istihola bo‘lganligi uchun “bu harom” deb qat’iy aytolmaymiz.

Boshqalar bu baliqni yesa, unga nisbatan inkor qilib bo‘lmaydi. Chunki bu istihola masalasiga kiradi. Ya’ni, bir narsa o‘z asl holatini yo‘qotib, boshqa bir shaklga kirgan bo‘lsa, u endi avvalgi holatda emas.

Ammo ochiq-oydin harom narsa, masalan cho‘chqa go‘shti olinib, maydalab baliqlarga yedirilayotgan bo‘lsa – bu boshqa masala. Bunday holatda musulmon kishi albatta undan chetlanadi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Sotilgan chiptalardan tushgan bonuslar evaziga boshqa insonlarga chipta olib bersa bo’ladimi?

    October 10, 2025
  • Qarzga pul so‘rash o‘rniga muddatli to‘lovga mashina oldirish haqida savol.

    October 7, 2025
  • Yoshligida yigitlar bilan gaplashgan qizlar erga tekkach bu ishini aytishi kerakmi?

    October 7, 2025
  • Emizikli boladan ortgan ovqatni otasi yesa bo‘lmaydimi?

    October 7, 2025
  • Otasi urushqoq xo‘roz yetishtirib sotadigan yigitning savoli.

    October 6, 2025
  • Noila deb ism qo‘yish hukmi.

    October 6, 2025