Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Erkak kishi ayolidan qancha muddat uzoqda yurishi mumkin?

Erkak kishi ayolidan qancha muddat uzoqda yurishi mumkin?

Nashr sanasi: May 21, 2025

Savol :

Ayolini uzoq muddatga tashlab ketayotgan erkaklarga qanday nasihat qilasiz? Turmush o‘rtog‘im uch yildan beri meni va ikkita o‘g‘limizni tashlab, Yevropada yashamoqda.
Shariat bo‘yicha erkak ayolini qancha muddatga tashlab ketishi mumkin?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Qur’oni Karimda er o‘z xotiniga yaqinlik qilmaslikka qasam ichgan holatda, bu muddat to‘rt oy deb ko‘rsatilgan. To‘rt oydan keyin esa u kishi qasamini buzishi yoki taloq berishi lozim. Agar ayol rozilik bildirsa, ehtiyoj tufayli uzoqroq muddatga ketishiga ruxsat bor. Ammo ayol erning qaytishini so’rasa, erkak qaytmasa, zulm qilgan bo‘ladi. Zolim holatda o‘lgan kishi, Alloh saqlasin, og‘ir javobgarlikka tortiladi. Zolim bo‘lishdan saqlanaylik, hatto mazlum bo‘lsak ham. Alloh isloh qilsin, vallohu a’lam.

Bu masalada ulamolar to‘rt oy muddatni belgilashgan. Qur’oni Karimda er o‘z xotiniga yaqinlik qilmaslikka qasam ichgan holatda, bu muddat to‘rt oy deb ko‘rsatilgan. To‘rt oydan keyin esa u kishi qasamini buzishi yoki taloq berishi lozim. Shunga asoslanib, Umar ibn Xattob roziyallohu anhu askarlarga xotinlarini to‘rt oydan ortiq tashlab ketmasliklarini buyurganlar.

Bundan shunday xulosa chiqadi: ayolini to‘rt oydan ortiq tashlab ketish erkakka harom bo‘ladi, agar ayoli bu holatdan norozi bo‘lsa. Agar ayol rozilik bildirsa, ehtiyoj tufayli uzoqroqqa ketishiga ruxsat bor. Masalan, rozi bo‘lib: “Borib ishlab kel, uy-joyimizni quramiz, bolalarimizni o‘ylaymiz,” desa, bu holatda er uzoqroqqa borishi mumkin. Ammo ayol: “Men seni sog‘indim, qayt,” deb turgan holatda, erkak qaytmasa, zulm qilgan bo‘ladi.

Bu holda u erkak xotinini rozi qilishi yoki taloq berishi kerak. Uchinchi yo‘l yo‘q – aks holda zolim hisoblanadi. Erkak kishi ayolga uylanganidan so‘ng, xotinining haqlari bo‘ladi, xususan yaqinlik haqi. Ulamolar ayolni to‘rt oydan ortiq tashlab ketish mumkin emas, deb aytishadi. Agar ayol bu holatdan norozi bo‘lsa va talab qilsa, qozi uning talabini qondirishi kerak.

Imom Molik va Imom Shofeiy mazhablarida, agar er xotinini to‘rt oydan ortiq tashlab ketsa, xotin qoziga murojaat qilib, nikohni buzdirishga haqli bo‘ladi. Imom Abu Hanifa rahimahulloh esa: “Qozi erni chaqiradi, vazifangni ado et,” deydi. Aslida, ma’no bir xil: agar ayol eri kelishini so‘rasa va u bormasa – harom ish qilgan bo‘ladi, zulm bo‘ladi.

Zolim holatda o‘lgan kishi, Alloh saqlasin, og‘ir javobgarlikka tortiladi. Shu bois, erlar xotinlarining haqlarini unutmasinlar. Ko‘pincha erlar bu masalada Allohdan qo‘rqmay, xotinlariga zulm qilib yurishadi.

Agar ayol rozilik bildirsa – “Ishlab keling, men sabr qilib kutaman,” desa – bu holatda muammo yo‘q. U bolalariga qarab tursa, er esa moddiy jihatdan yordam berib tursa, bu er-xotin o‘rtasida kelishuv asosida bo‘ladi.

Ammo muammo shunda bo‘ladiki, agar ayol zorlanib, sog‘inganini aytib, qaytishini so‘rasa, er esa baribir qaytmasa – bu holda u gunohkor bo‘ladi. Bu – xotinining haqqini yeb qo‘ygan, vojib bo‘lgan haqlarni ado etmagan bo‘ladi.

Bunday hollarda ko‘p erkaklar zulm qilishayotgan bo’ladilar. Alloh hammamizga tavfiq va hidayat bersin. Bu masala har bir mo‘min uchun muhim bo‘lib, albatta e’tiborli bo‘lishimiz kerak. Zolim bo‘lishdan saqlanaylik, hatto mazlum bo‘lsak ham.

Alloh isloh qilsin, vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Nikoh paytida oila qurayotganlarni tanimaydigan kishilarning guvohligi o‘tadimi?

    June 4, 2025
  • Xulu‘ orqali ajrashgan ayol eriga qayta turmushga chiqishi joizmi?

    June 4, 2025
  • Qaynota kelinga mahrammi? Uning oldida ro‘molsiz yurish va yolg‘iz qolish mumkinmi?

    June 3, 2025
  • O‘gay qiz erga mahram bo‘ladimi?

    June 3, 2025
  • Ayol kishi erining ruxsatisiz ishlashi joizmi?

    June 3, 2025
  • Ayolning “Mahringizni qaytarib oling” degan so‘zi xulu’ sanaladimi? Ajrimdan keyin er uyida yashash joizmi?

    June 2, 2025