Ustoz, mashinamni yo‘l chetiga qo‘yib, bozorga kirib ketgan edim. Chiqqanimda YPX xodimi mashinani taqiqlangan joyga qo‘ygansiz deb 750 ming so‘m jarima yozdi. Bir tanishim: “Agar YPX xodimining qo‘liga 50 ming so‘m bersang, u senga jarima yozmas edi”, dedi.
Men: “Bu pora bo‘lib qolmaydimi?” – deb so‘rasam, u: “Yo‘q, pora emas”, dedi. Shu masalada to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatsangiz.