Navbatdagi savolim shuki, qarzdor bo‘lib qolganimiz sababli uyimizni sotishga majbur bo‘ldik. Sotib oluvchi kishi zakalat (oldindan to‘lov) berib, “falon kuni pulni to‘liq beraman”, dedi.
Ammo o‘sha va’da qilingan kunda pulni bermadi va yana boshqa bir muddatga cho‘zdi. Keyinchalik ham yana cho‘zaverdi. Bu orada haqdorlar qarzni talab qilib bezovta qilishmoqda. Uy shoshilinch sotilgani uchun arzonroq bahoda berilgan edi. Agar hozirgacha turganida, ehtimol qimmatroq narxda sotgan bo‘lardik.
Endi uyning pulini aytilgan vaqtda bermagani uchun zakalatini qaytarib, uyni boshqa bir odamga sotib yuborsak bo‘ladimi?