Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Erim “javobingni berdim” deb talaq qildi. Idda vaqtida “qaytdim” dedi, lekin uyga olib ketmadi, nafaqa bermadi, boshqa xotin oldi. Endi u talaqni qaytargan hisoblanadimi yoki men erimdan ajralganmanmi? Boshqa erkakka turmushga chiqishim mumkinmi?

Erim “javobingni berdim” deb talaq qildi. Idda vaqtida “qaytdim” dedi, lekin uyga olib ketmadi, nafaqa bermadi, boshqa xotin oldi. Endi u talaqni qaytargan hisoblanadimi yoki men erimdan ajralganmanmi? Boshqa erkakka turmushga chiqishim mumkinmi?

Nashr sanasi: May 11, 2025

Savol :

Xo‘jayinim bilan 8 yil birga yashadik, lekin farzandimiz bo‘lmadi. Ba’zi sabablarga ko‘ra, erimning uyidan ketib, javobimni so‘radim. Erim javobimni bermay yurdi. Bir kuni qo‘ng‘iroq qilib: «Javobingni berdim», dedi. Men idda saqlashni boshladim. Shu orada erim kechirim so‘rab, achchiq ustida javobimni berganini, men bilan qayta yashamoqchi ekanini aytdi. Men bunga ko‘nmadim. Shunda u: «Men javobimni qaytib oldim, sen yana mening xotinimsan», dedi. Iddam oxirlab qolgandi, buni hech kimga aytolmadim. «Mayli, yashamoqchi bo‘lsangiz, kelib olib keting», desam: «Yo‘q, senikilar kelib, ota-onam bilan gaplashsin, shunda ota-onam rozi bo‘lishi mumkin», dedi. Men rozi bo‘lmadim. Shu orada iddam tugadi. U bilan birinchi ko‘rishganimizda yuzimdan o‘pib oldi. «Bunaqa qilmang», desam: «Nima qilibdi, sen haliyam xotinimsan-ku!» dedi. Endi ota-onam meni boshqaga uzatishmoqchi. Erimga ko‘p marta: «Uch talaq bering», dedim, lekin bermadi. Meni uyiga olib ketmadi, aksincha, o‘zi uylanib ketdi boshqasiga. Shunda men hanuz uning nikohidamanmi, yoki iddam tugab ketgan-u, boshqaga turmushga chiqishim mumkinmi? Yoki boshqatdan talaq berishi kerakmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Qisqacha javob : Agar erkak “qaytdim” desa, Imom Ahmad mazhabiga ko‘ra, bu faqat isloh niyati bilan bo‘lsa, ruj’u hisoblanadi. Siz aytayotgan holatda esa u sizni olib ketmagan, nafaqa bermagan, boshqa ayolga uylangan. Bu isloh istamagani bo‘ladi. Shuning uchun qaytish sahih emas, talaq o‘z kuchida qoladi. Idda tugagan bo‘lsa, siz boshqa erkakka turmushga chiqishingiz mumkin. Agar u yana yashamoqchi bo‘lsa, yangidan nikoh qilishi kerak. Vallohu a’lam.

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi Payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo‘lsin.

Ya’ni bu holatda o‘zi jumhur ulamolarning mazhabida erkak kishi “bo‘ldi, qaytdim” desa, ichida qaytib qoladi xotin. Xotin xohlamasin, xohlamasin qaytib qoladi. Bu jumhur ulamolarning mazhabi. Imom Ahmad mazhablarida erkak kishi xotiniga qaytish uchun isloh bilan yashash niyati bo‘lishi kerak.

Ya’ni, ya’ni shu yerda sharti borki, erlar xotinlarni mutlaqo qaytarib olishga haqli, xotindan so‘rab o‘tilmaydi. Qachon bu in aradu islaha, agar erkaklar islohni xohlasa. Bu odam hozir islohni xohladimi, xohlamadimi?

Ko‘rinishda islohni xohlagan yo‘q, xotinni “qaytarib oldim” deyapti-da: “Bor, onamdan uzr so‘ra, onam seni kechirish kerak”, va uni olib ketmayapti ham. Boshqa xotin olib, o‘zining hayotini yashayapti, sakkiz oydan beri bu yotibdi bu yoqda. Ya’ni islohni xohlagan, xotin qilaman degan odam shunaqa bo‘ladimi? Xotinni kelib olib ketmaydi. Shu holatda Imom Ahmad mazhabi bo‘yicha qaralsa, erkak qaytgan hisoblanmaydi.

“Qaytdim” desa, qaytib qolavermaydi. Qaytdim desa, isloh holatida bo‘lishi kerak. Isloh holati bo‘lmasa, u o‘sha talaqi davom etadi degan. Vallohu a’lam. Ya’ni agar bunday bo‘layotgan bo‘lsa, bu erkak boshqa xotin olib, o‘zining hayoti bilan yashayotgan bo‘lsa va sizni muallaqa qilib tashlab qo‘ygan bo‘lsa, nafaqa ham qilib bermasa, xotin qilib xotin qilmasa, uyga olib ketmasa, sharoit qilib bermasa — bu “seni xotinim qilib qoldim” deyish bilan bo‘lmaydi-da. Bu shariat bunaqangi narsaga ko‘nmaydi.

Vallohu a’lam. Bunaqa holatlarda o‘sha Imom Ahmad mazhabi bilan fatvo bersa, o‘rni bo‘ladi deb o‘ylayman. Ya’ni er xotinini qaytib olish uchun, albatta bir yaxshilikni istab, xotin qilaman degan niyatda bo‘lishi kerak. Xotin qilaman degan yaxshi niyatda bo‘lishi kerak.

Endi niyatini Xudo biladi, qadamni bilamiz, deyishingiz mumkin. To‘g‘ri. Lekin yaxshi niyatdagi er shunday bo‘ladimi? Mana qarang, xotinini olib ketmayapti-yu, olib ketmayapti-ku uni. Shuning uchun bu narsada “qayta” degan narsa bo‘lmaydi. Vallohu a’lam. Agar olmoqchi bo‘lsa u erkak, nikohlab olish kerak hozir bu xotinni.

Yangi nikohlab, bo‘lmasa bu ayolni iddasi tugagan hisoblanadi. Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

2

  • Nikoh paytida oila qurayotganlarni tanimaydigan kishilarning guvohligi o‘tadimi?

    June 4, 2025
  • Xulu‘ orqali ajrashgan ayol eriga qayta turmushga chiqishi joizmi?

    June 4, 2025
  • Qaynota kelinga mahrammi? Uning oldida ro‘molsiz yurish va yolg‘iz qolish mumkinmi?

    June 3, 2025
  • O‘gay qiz erga mahram bo‘ladimi?

    June 3, 2025
  • Ayol kishi erining ruxsatisiz ishlashi joizmi?

    June 3, 2025
  • Ayolning “Mahringizni qaytarib oling” degan so‘zi xulu’ sanaladimi? Ajrimdan keyin er uyida yashash joizmi?

    June 2, 2025