Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Bir yigit “Turmushga chiqasanmi?” desa va qiz “Roziman” desa, nikoh hosil bo‘ladimi?

Bir yigit “Turmushga chiqasanmi?” desa va qiz “Roziman” desa, nikoh hosil bo‘ladimi?

Nashr sanasi: April 28, 2025

Savol :

Bir yigit guvohlar oldida bir qizga «Menga turmushga chiqasanmi?» desa, qiz «Roziman» desa, yigit «Qabul qildim» desa, nikoh durust bo‘ladimi, ular er-xotin bo‘lib yashayversa joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Qisqacha mazmun: Yo‘q, faqat rozilik bildiriladi. Nikoh bo‘lishi uchun hozirgi vaqtda aniq talab va qabul kerak.

Ya’ni bu holatdan kelib chiqib, masalan, «Chiqasanmi?» degani hozir chiq degan talabmi yoki kelajakda, masalan, “Mabodo men senga uylansam, rozi bo‘lasanmi?” degan ma’no tushuniladi-da ko‘proq.

Undan “Mayli” desa, shuncha guvohning oldida “Bo‘ldi, qabul qildim, nikoh oldim, xotining bo‘lib qolding” deb aytish — ayolni xotin qilib olish bo‘lmaydi.

Bu nikoh — “Menga turmushga chiq” degan gap bo‘ladi. Ayol “Chiqdim” desa, hozir boshlanadi.
Xuddi “Mana bu ishni qilishga qasam ichaman” degani yoki “Eshitdim” degani kabi bo‘ladi.

Arab tilida bu farqlanadi: xabar va insho degan narsa bor.
Insho — hozir amal qilish ma’nosida gapiriladi. Agar hozir amal qilish ma’nosida bo‘lsa, nikoh bo‘lishi mumkin.

Agar bu “Kelajakda turmushga chiqasanmi?” degan bo‘lsa, “Ha, roziman, kelajakda” — ya’ni “Ota-onamiz rozi bo‘lsa” yoki “Nikoh o‘qilsa, roziman” degan ma’noda bo‘lsa — bu faqat nikohga rozilik, lekin nikohning o‘zi hisoblanmaydi.

Ya’ni bu holatda “Bo‘ldi, nikohlashdi” degan javob bo‘lmaydi.

Vallohu a’lam, bunaqangi holatda bu nikoh e’tibor qilinmaydi, xullas.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Er ayoliga “ketaver, yashamayman” desa, taloq tushadimi?

    April 15, 2026
  • Uylanishdan avval qizni necha marta ko‘rsa bo‘ladi?

    April 8, 2026
  • Faqat ikki quda ijob-qabul qilishi bilan nikoh bog‘lanadimi?

    April 8, 2026
  • Oila sirlarini dugonalariga aytadigan kelinlarga nasihat qiling.

    April 5, 2026
  • “Bir gunohni qilsam, 3 kun ro‘za tutaman” deb qasam ichgan va ro‘zalari yillarga teng bo‘lib ketgan odam nima qiladi?

    April 2, 2026
  • Nikohdan maqsad nima ekani haqida eslatma qilsangiz.

    April 2, 2026