Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Rufat ismining ma’nosi nima? Islomiymi?

Rufat ismining ma’nosi nima? Islomiymi?

Nashr sanasi: April 27, 2025

Savol :

Ustoz, dadam menga «Rufat» deb ism qo‘ygan. Buning ma’nosi nima va bu ism islomiymi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Qisqacha mazmun: Agar ma’no “rif’at” bo‘lsa — yaxshi (yuksalish degani). Agar “rufat” bo‘lsa — chang, kukun ma’nosida, yaxshi emas. Zarurat bo‘lsa, ismni to‘g‘rilash tavsiya qilinadi.

Rufatni ikkita ma’nosini men tushunib turibman hozir. Arab tilida “rufatan” so‘zi Qur’onda kelgan:
Alloh taolo Qur’oni Karimda aytadi:

قَالُوا أَئِذَا كُنَّا رُفَاتًا أَئِنَّا لَفِي خَلْقٍ جَدِيدٍ

“Ular dedilar: ‘Biz chang-to‘zon (parcha-parcha) bo‘lib ketganimizdan keyin yana yangidan tiriltirilarmikanmiz?!’”
(Surat al-Isro, 49-oyat)

Bu yerda “rufat” — suyaklarning titilib chang bo‘lib ketgan holatini bildiradi. Ya’ni tuproq va kukun bo‘lib ketadi.

Arab tilida “rufat” titilib ketgan, chang-to‘zon bo‘lib ketgan narsaga aytiladi.

Shuningdek, boshqa bir ma’nosi — “rif’at” so‘zi bor. Arab tilida “rif’at” — balandlik, yuksaklik degan ma’noni bildiradi. Uni ba’zilar buzib “rufat” deb o‘zgartirib aytib yuborishgan bo‘lishi mumkin. Balki tatarlar orasida shunday shaklda mavjuddir.

Agar ma’no “rif’at” bo‘lsa, bu yaxshi ism: balandlik, yuksalish ma’nosini anglatadi. Lekin agar “rufat” bo‘lsa, arab tilida kukun, chang ma’nosida bo‘lgani uchun ma’nosi yaxshi emas.

Shuning uchun, imkon bo‘lsa, ismingizni to‘g‘rilash tavsiya qilinadi. Chunki siz “rufat” deyapsiz, “rif’at” demayapsiz.

Yana ham bilmadim, balki savolda yozilishda yoki talaffuzda xatolik bo‘lgandir.
Hozirgi savolingizdan tushunganimiz shu.
Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Shariatga xilof narsalar ham sotiladigan omborxonada ishlash hukmi.

    April 15, 2026
  • Ruqyada oyat va hadisdan boshqa duo qilsa ham bo‘ladimi?

    April 15, 2026
  • Inson ajalini oldindan sezishi mumkinmi?

    April 13, 2026
  • Tik-tokda video ko‘rishni tashlay olmayotgan do‘stimga nasihat qiling.

    April 13, 2026
  • “Grin karta” o‘ynash ham lotereya kabi harommi?

    April 9, 2026
  • Oylikka ishlaydigan odam ham Allohdan boylik so‘rasa bo‘ladimi?

    April 8, 2026