Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >“Erning: ‘Senga javob berdim’ deb aytishi shartmi?”

“Erning: ‘Senga javob berdim’ deb aytishi shartmi?”

Nashr sanasi: April 22, 2025

Savol :

Erim menga ikki marta taloq aytgan, keyin qaytarib olgan edi. Endi men u bilan yashashni istamayman. Chunki u menga juda ko‘p azob bergan. Javobimni so‘rayapman, lekin bermayapti. Hatto xul’ (ajralish) talab qilib, mahrini ham qaytarib berganman.
Ammo erim mahrini olsa ham, javobimni bermadi. Shunday holatda nikoh buzilgan hisoblanadimi yoki erning: “Senga taloq” yoki “Javobingni berdim” degan so‘zlarini aytishi shartmi? Er taloq aytmasa, xotin ajralolmay yuraveradimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Shuni bilingki, ayol kishining er taloq bermasa, o‘zi ajralishga haqi yo‘q. Ammo bu, umidsizlikka tushish degani emas. Shariatda “xul’” yo‘li bor: agar ayol mahrini qaytarib bersa, ajralish talab qilsa, lekin er baribir rozi bo‘lmasa, bu holda qarindoshlari, ishonchli shaxslar, hatto zarurat bo‘lsa, mahalliy muftiy yoki shar’iy maslahatchi aralashib, muammoni hal qilishlari mumkin.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Shariyatga ko‘ra, erga uchta taloq berish huquqi berilgan. Sizning aytishingizga qaraganda, u sizga ikki marta taloq aytgan, ya’ni endi bitta haqqi qolgan.
Agar siz ajralishni istayotgan bo‘lsangiz, bu masalada jiddiy harakat qilinishi kerak. Nikohni er-xotin yolg‘iz hal qila olmaydi, ayniqsa bu kabi murakkab holatlarda. Kattalar, ya’ni ota-onangiz, akalaringiz, amakalaringiz yoki boshqa yaqin qarindoshlaringiz bu ishga aralashishi lozim.

Kiyov tarafga borib, holatni tushuntirishadi, erga bosim qilishadi, muammoning ildizini aniqlashga harakat qilishadi. Balki ular maslahat berib, sabr qilish yaxshiroq deyishlari mumkin yoki aksincha: “Bu holatda ajrashish zarur”, deyishlari ham mumkin. Har holda bu ish oilaviy kattalar ishtirokisiz hal bo‘lishi qiyin.

Shuni bilingki, ayol kishining er taloq bermasa, o‘zi ajralishga haqi yo‘q. Ammo bu, umidsizlikka tushish degani emas. Shariatda “xul’” yo‘li bor: agar ayol mahrini qaytarib bersa, ajralish talab qilsa, lekin er baribir rozi bo‘lmasa, bu holda qarindoshlari, ishonchli shaxslar, hatto zarurat bo‘lsa, mahalliy muftiy yoki shar’iy maslahatchi aralashib, muammoni hal qilishlari mumkin.

Demak, siz yolg‘iz emasligingizni biling. Sizni qiynayotgan bo‘lsa, sizga yordam qo‘lini cho‘zish birinchi navbatda oilangiz — akangiz, otangiz, qarindoshlaringizning vazifasi. Alloh taolodan sizga sabr, to‘g‘ri qarorlar va yengilliklar tilaymiz.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Nikoh paytida oila qurayotganlarni tanimaydigan kishilarning guvohligi o‘tadimi?

    June 4, 2025
  • Xulu‘ orqali ajrashgan ayol eriga qayta turmushga chiqishi joizmi?

    June 4, 2025
  • Qaynota kelinga mahrammi? Uning oldida ro‘molsiz yurish va yolg‘iz qolish mumkinmi?

    June 3, 2025
  • O‘gay qiz erga mahram bo‘ladimi?

    June 3, 2025
  • Ayol kishi erining ruxsatisiz ishlashi joizmi?

    June 3, 2025
  • Ayolning “Mahringizni qaytarib oling” degan so‘zi xulu’ sanaladimi? Ajrimdan keyin er uyida yashash joizmi?

    June 2, 2025