Ustoz, men dinim yo‘lida qamalib chiqqanman. Hozir chet davlatda yashayapman. Ikki marta uylanib ajrashdim. Har ikkisi bilan sabr qilib yashadim, lekin sabrim yetmay, oxirida aql va ilm egalaridan maslahat olib, taloq qildim.
Uzoq muddat qamoqda bo‘lganim sababli biror kasb-hunar o‘rgana olmadim. Farzandlarim bor, lekin ularning onasi ularni menga ko‘rsatmaydi. Juda ham tushkun holatga tushib qoldim. Shayton vasvasa qilayaptimi, bilmadim. O‘zimni na dunyo, na oxirat uchun foydasi yo‘q odamdek his qilyapman. Iltimos, nasihat qiling.